https://oz.sputniknews.uz/20211123/toshkentda-toqqiz-yoshli-farzandi-kochada-shar-sotgan-ota-jarimaga-tortildi-21478037.html
Toshkentda to‘qqiz yoshli farzandi ko‘chada shar sotgan ota jarimaga tortildi
Toshkentda to‘qqiz yoshli farzandi ko‘chada shar sotgan ota jarimaga tortildi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolakay ko‘chada havo sharlarini sotib yurgani qizg‘in muhokama qilingan edi.
2021-11-23T12:10+0500
2021-11-23T12:10+0500
2021-11-23T12:18+0500
hodisalar
toshkent
jarima
iibb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0b/18264751_315:885:2383:2048_1920x0_80_0_0_a27815eb40751e5debf2f16b254d7bd4.jpg
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkentda voyaga yetmagan farzandi ko‘chada shar sotish bilan shug‘ullangan otaga chora ko‘rildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolakay ko‘chada havo sharlarini sotib yurgani qizg‘in muhokama qilingan edi.Ma’lum bo‘lishicha, 20-noyabr kuni 3-sinf o‘quvchisi Sh.F. haqiqatdan ham Yunusobod tumani Billur mahallasida havo sharlarini sotish maqsadida yurgan.Tuman IIO FMB xodimlari bolaning otasi – 34 yoshli N.F. bilan bog‘lanishgan. Fuqaro bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.Natijada unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi 1-qismi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.Bu modda bo‘yicha BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (270 ming so‘mdan 1,3 million so‘mgacha) jarima ko‘zda tutilgan.Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistonda bolaga ta’lim-tarbiya berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshirilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20211113/toshkentda-13-yoshli-bola-trackerni-olib-qochdi-uning-ota-onasi-javobgarlikka-tortildi-21336600.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0b/18264751_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_2b4037e2911e7c1587570df8c928b713.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent bolakay shar sotish
toshkent bolakay shar sotish
Toshkentda to‘qqiz yoshli farzandi ko‘chada shar sotgan ota jarimaga tortildi
12:10 23.11.2021 (yangilandi: 12:18 23.11.2021) 3-sinf o‘quvchisi Yunusobod tumanida havo sharlarini sotish maqsadida yurgan.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkentda voyaga yetmagan farzandi ko‘chada shar sotish bilan shug‘ullangan otaga chora ko‘rildi. Bu haqda poytaxt IIBB
xabar bermoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yosh bolakay ko‘chada havo sharlarini sotib yurgani qizg‘in muhokama qilingan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, 20-noyabr kuni 3-sinf o‘quvchisi Sh.F. haqiqatdan ham Yunusobod tumani Billur mahallasida havo sharlarini sotish maqsadida yurgan.
Tuman IIO FMB xodimlari bolaning otasi – 34 yoshli N.F. bilan bog‘lanishgan. Fuqaro bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Natijada unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi 1-qismi (“Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik”) bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Bu modda bo‘yicha BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha (270 ming so‘mdan 1,3 million so‘mgacha) jarima ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistonda bolaga ta’lim-tarbiya berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshirilgan edi.