https://oz.sputniknews.uz/20211123/toshkent-viloyatidagi-2ta-zapravka-100-ming-xonadonga-etadigan-gazni-ogirlagani-aniqlandi-21485921.html
Ikkita zapravka 100 ming xonadonga yetadigan gazni o‘g‘irlagani aniqlandi
Ikkita zapravka 100 ming xonadonga yetadigan gazni o‘g‘irlagani aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida 100 ming xonadonning 1 kunlik iste’moliga teng miqdordagi gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
2021-11-23T17:26+0500
2021-11-23T17:26+0500
2021-11-23T17:27+0500
jamiyat
toshkent viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/990/75/9907522_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_93e30c8ffda0511d778031f0c37f4bbf.jpg
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkent viloyatida 100 ming xonadonning 1 kunlik iste’moliga teng miqdordagi gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.Energetika vazirligi shtabi 17-noyabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan “SHIRINA PETROL” MChJ va Toshkent tumanida joylashgan “CLEAN GAS SERVICE” MChJlarga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazdi.O‘rganish davomida 2 ta “tadbirkor” 1 mln 635 ming kub metr yoki bugungi kunda 100 mingta aholi xonadonlarining bir kunlik iste’moliga yetadigan gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.Xususan, “SHIRINA PETROL” MChJda elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatish imkoni bo‘lganligi va o‘tkazilgan eksperiment davomida konfiguratsiya sozlamasi texnologik yo‘riqnomalar talabiga mos emasligi sababli qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 1 mlrd 274 mln 700 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.“CLEAN GAS SERVICE” MChJ shartnoma hujjatlaridan tashqari 1 dona kompressor uskuna ortiqcha o‘rnatilganligi sababli amalga oshirilgan qayta hisob-kitob natijasida 360,5 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.Tekshiruv hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
https://oz.sputniknews.uz/20211118/gaz-zapravkalarda-vaqtinchalik-cheklov-joriy-etiladi-21403350.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/990/75/9907522_300:0:1200:675_1920x0_80_0_0_ae7e8f4640e8a199456f88138c9f16d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zapravka gaz 100 ming xonadonga yetadigan
zapravka gaz 100 ming xonadonga yetadigan
Ikkita zapravka 100 ming xonadonga yetadigan gazni o‘g‘irlagani aniqlandi
17:26 23.11.2021 (yangilandi: 17:27 23.11.2021) Toshkent viloyatida 100 ming xonadonning 1 kunlik iste’moliga teng miqdordagi gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkent viloyatida 100 ming xonadonning 1 kunlik iste’moliga teng miqdordagi gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Energetika vazirligi shtabi 17-noyabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan “SHIRINA PETROL” MChJ va Toshkent tumanida joylashgan “CLEAN GAS SERVICE” MChJlarga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazdi.
O‘rganish davomida 2 ta “tadbirkor” 1 mln 635 ming kub metr yoki bugungi kunda 100 mingta aholi xonadonlarining bir kunlik iste’moliga yetadigan gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Xususan, “SHIRINA PETROL” MChJda elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatish imkoni bo‘lganligi va o‘tkazilgan eksperiment davomida konfiguratsiya sozlamasi texnologik yo‘riqnomalar talabiga mos emasligi sababli qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 1 mlrd 274 mln 700 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
“CLEAN GAS SERVICE” MChJ shartnoma hujjatlaridan tashqari 1 dona kompressor uskuna ortiqcha o‘rnatilganligi sababli amalga oshirilgan qayta hisob-kitob natijasida 360,5 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Tekshiruv hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.