Toshkent viloyatida terroristik tashkilotning yashirin a’zolari qo‘lga olindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olinganlar Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida pul to‘plab kelishgan
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkent viloyati Toshkent tumanida taqiqlangan “Katiba Tavhid val-Jihod” terrorchilik tashkilotning yashirin jamoati a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ular turli diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari Abdulloh Zufar va Sodiq Samarqandiyning audio va video ma’ruzalarini tarqatishgan. Shu tariqa saflarini kengaytirish bilan shug‘ullanishgan.
Bundan tashqari, jamoat a’zolari Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida pul to‘plab kelishgan. Ularning maqsadi jangarilar safiga qo‘shilish bo‘lgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2021
Sirdaryoda terrorchi guruh a’zolari qo‘lga olindi
Yangiliklar lentasi
0