https://oz.sputniknews.uz/20211123/termizda-ozbekiston-qozogiston-qoshma-harbiy-mashqlar-qanday-otkazildi-21490384.html
Termizda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashqlar qanday o‘tkazildi
Termizda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashqlar qanday o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolotlar, zirhli texnikalar, artilleriya va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalandi.
2021-11-23T20:28+0500
2021-11-23T20:28+0500
2021-11-23T20:52+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/17/21490239_192:241:1280:853_1920x0_80_0_0_982eee23dc8536c95254c3b09841dc54.jpg
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondonlik boshqarmasi shtab boshlig‘i general-mayor Kanish Abubakirov boshchiligidagi qo‘shni davlat harbiy delegatsiyasi 17-noyabr kuni Termiz shahriga yetib keldi. Rejaga ko‘ra ikki davlat harbiy xizmatchilari deyarli bir hafta davomida “Hamkorlik-2021” qo‘shma o‘quvining asosiy fazasiga puxta tayyorgarlik ko‘rdi.Mehmonlar “Termiz” poligoni imkoniyatlaridan foydalanish bilan bir qatorda turli madaniy dam olish dasturlaridan ham bahramand bo‘ldi. Ular uchun tadbir tashkilotchilari tomonidan Termiz shahrining tarixiy obidalarini namoyish etuvchi maskanlarga ekskursiyalar uyushtirildi.O‘quvni kuzatish uchun “Termiz” poligoniga O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda Qozog‘iston mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov yetib keldi.Mudofaa vazirlarining tashrifi “Termiz” poligoni maxsus o‘quv nuqtalarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlarni kuzatishdan boshlandi. 45 ta to‘siqdan iborat majmuaviy maxsus-taktik mashqlar yo‘lagi, otliq marafon kabi 50 ga yaqin o‘quv nuqtalarida mohirlik bilan harakat qilayotgan O‘zbepkiston harbiylarining mahorati mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.“Hamkorlik-2021” qo‘shma o‘quvining asosiy fazasi boshlandi. Dasturga ko‘ra hamkorlikda harakat qilgan harbiylar shartli ravishda chegara hududini buzib kirishga uringan noqonuniy qurolli guruhga qarshi jang olib borishdi. Unda shaxsiy tarkib qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolotlar, zirhli texnikalar, artilleriya va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalandi.“Hamkorlik-2021” qo‘shma o‘quvi muvaffaqiyatli yakunlanib, unda ishtirok etgan ikki davlat harbiy xizmatchilari tadbirning tantanali yopilish marosimida maydonda saflanishdi.Marosimda qo‘shma o‘quvda o‘zini ko‘rsatgan o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik harbiylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/17/21490239_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_cba97f22e6031188ac5c1423f7cf4fa7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston-qozog‘iston qo‘shma harbiy mashqlar qanday o‘tkazildi
o‘zbekiston-qozog‘iston qo‘shma harbiy mashqlar qanday o‘tkazildi
Termizda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashqlar qanday o‘tkazildi
20:28 23.11.2021 (yangilandi: 20:52 23.11.2021) Mashqda qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolotlar, zirhli texnikalar, artilleriya va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalandi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondonlik boshqarmasi shtab boshlig‘i general-mayor Kanish Abubakirov boshchiligidagi qo‘shni davlat harbiy delegatsiyasi 17-noyabr kuni Termiz shahriga yetib keldi. Rejaga ko‘ra ikki davlat harbiy xizmatchilari deyarli bir hafta davomida “Hamkorlik-2021” qo‘shma o‘quvining asosiy fazasiga puxta tayyorgarlik ko‘rdi.
Mehmonlar “Termiz” poligoni imkoniyatlaridan foydalanish bilan bir qatorda turli madaniy dam olish dasturlaridan ham bahramand bo‘ldi. Ular uchun tadbir tashkilotchilari tomonidan Termiz shahrining tarixiy obidalarini namoyish etuvchi maskanlarga ekskursiyalar uyushtirildi.
O‘quvni kuzatish uchun “Termiz” poligoniga O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda Qozog‘iston mudofaa vaziri general-leytenant Murat Bektanov yetib keldi.
Mudofaa vazirlarining tashrifi “Termiz” poligoni maxsus o‘quv nuqtalarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlarni kuzatishdan boshlandi. 45 ta to‘siqdan iborat majmuaviy maxsus-taktik mashqlar yo‘lagi, otliq marafon kabi 50 ga yaqin o‘quv nuqtalarida mohirlik bilan harakat qilayotgan O‘zbepkiston harbiylarining mahorati mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.
“Hamkorlik-2021” qo‘shma o‘quvining asosiy fazasi boshlandi. Dasturga ko‘ra hamkorlikda harakat qilgan harbiylar shartli ravishda chegara hududini buzib kirishga uringan noqonuniy qurolli guruhga qarshi jang olib borishdi. Unda shaxsiy tarkib qiruvchi samolyotlar, jangovar vertolotlar, zirhli texnikalar, artilleriya va uchuvchisiz uchish apparatlaridan keng foydalandi.
“Hamkorlik-2021” qo‘shma o‘quvi muvaffaqiyatli yakunlanib, unda ishtirok etgan ikki davlat harbiy xizmatchilari tadbirning tantanali yopilish marosimida maydonda saflanishdi.
Marosimda qo‘shma o‘quvda o‘zini ko‘rsatgan o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik harbiylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.