Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishEkspertiza analizov dlya proverki kachestva masa
Ekspertiza analizov dlya proverki kachestva masa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Institut ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik ma’lumotlar yig‘adi.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi.
Institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga ko‘mak beradi.
Shuningdek, Institut ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik ma’lumotlar yig‘adi.
Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko‘rib chiqish va xulosa berish Institut tomonidan amalga oshiriladi.
Institut direktori adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0