https://oz.sputniknews.uz/20211123/ozbekiston-kriptovalyuta-21482742.html
O‘zbekiston rezidentlariga kriptovalyutani birjalarda sotib olishga ruxsat berildi
O‘zbekiston rezidentlariga kriptovalyutani birjalarda sotib olishga ruxsat berildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni so‘mda amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi.
2021-11-23T15:38+0500
2021-11-23T15:38+0500
2021-11-23T15:47+0500
iqtisod
o‘zbekiston
kriptovalyuta
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1254/57/12545769_0:26:3165:1806_1920x0_80_0_0_fdfd537b3b901c7984698eb610b20a41.jpg
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. O‘zbekiston hukumati mamlakat rezidentlariga kriptoaktivlar va tokenlar yordamida birjada savdo-sotiq qilishga ruxsat berdi. Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan kriptobirjalarni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga bir qator o‘zgarishlar kiritildi.Shuningdek, o‘zgartirishlar tokenning tariflarini va u bilan bir qator operatsiyalarni, jumladan, tokenlar emissiyasi, joylashtirish va ro‘yxatga olishni o‘z ichiga olgan. Tokenlarni investitsiya va moliyalashtirishni jalb qilish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari chiqarishi mumkinligi aniqlandi.O‘zbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Mulkiy ta’minotga ega bo‘lmagan tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi.Qolaversa, kriptobirjalar o‘zlarining tokenlarini joylashtirgan tashkilotlarni va ularning mulkiy xavfsizligi bor-yo‘qligini tekshirishlari shart. Shuningdek, jalb qilinishi rejalashtirilgan summaning kamida 10 foizi kriptobirjasining maxsus hisob raqamiga kiritilishi kerak.Qayd etish joizki, shu paytgacha kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullanish uchun O‘zbekistonda to‘laqonli huquqiy asoslar mavjud emas edi.Rezidentlar deyilganda kimlar tushuniladi:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1254/57/12545769_434:0:3165:2048_1920x0_80_0_0_01707b102ed0ba74a34c676be7f59d70.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston kriptovalyuta token rezidentlar kimlar rezident
o‘zbekiston kriptovalyuta token rezidentlar kimlar rezident
O‘zbekiston rezidentlariga kriptovalyutani birjalarda sotib olishga ruxsat berildi
15:38 23.11.2021 (yangilandi: 15:47 23.11.2021) O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni so‘mda amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. O‘zbekiston hukumati mamlakat rezidentlariga kriptoaktivlar va tokenlar yordamida birjada savdo-sotiq qilishga ruxsat berdi. Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining tegishli
buyrug‘i bilan kriptobirjalarni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga bir qator o‘zgarishlar kiritildi.
Endi O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga oshirish huquqiga ega. Biroq norezidentlarga kriptoaktivlarni faqat xorijiy valyutaga sotishlari mumkin.
Shuningdek, o‘zgartirishlar tokenning tariflarini va u bilan bir qator operatsiyalarni, jumladan, tokenlar emissiyasi, joylashtirish va ro‘yxatga olishni o‘z ichiga olgan. Tokenlarni investitsiya va moliyalashtirishni jalb qilish uchun tegishli ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari chiqarishi mumkinligi aniqlandi.
O‘zbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Mulkiy ta’minotga ega bo‘lmagan tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi.
Qolaversa, kriptobirjalar o‘zlarining tokenlarini joylashtirgan tashkilotlarni va ularning mulkiy xavfsizligi bor-yo‘qligini tekshirishlari shart. Shuningdek, jalb qilinishi rejalashtirilgan summaning kamida 10 foizi kriptobirjasining maxsus hisob raqamiga kiritilishi kerak.
Qayd etish joizki, shu paytgacha kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullanish uchun O‘zbekistonda to‘laqonli huquqiy asoslar mavjud emas edi.
Rezidentlar deyilganda kimlar tushuniladi:
Xorij fuqarolari va mamlakatda doimiy yashash huquqiga ega fuqaroligi yo‘q shaxslar;
O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar;
O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik immuniteti va imtiyozlaridan foydalanuvchi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari, shuningdek, xorijda xo‘jalik va tijoriy faoliyatni amalga oshirmaydigan mahalliy tashkilotlarning vakolatxonalari.