“Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi e’lon qilindi

CC0 / Unsplash / gbarkz / Siluet jenshini
Siluet jenshini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Tadbir “Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. O‘zbekistonda 25-noyabrdan boshlab “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi boshlanadi. Bu haqda 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan xalqaro tadbirda ma’lum qilindi
Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u “Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi ushbu global kampaniya jahonning 187 ta mamlakatida o‘tkazilib, 6 mingdan ziyod tashkilotlar hamda 300 mln kishini qamrab olmoqda.
Senat raisi Tanzila Norbayevning so‘zlariga ko‘ra, gender zo‘ravonlik geografik, ijtimoiy yoki iqtisodiy chegaralarni bilmaydi. Rivojlanayotgan, rivojlangan mamlakatlarda ham bu muammoga barham berish jiddiy choralar ko‘rishni talab qiladi.
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, zo‘ravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish bo‘yicha qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, shundan 2 tasi qonunlardir.
“Shu bilan birga jamiyatimizda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchrab turibdi, bunday holatlarni endi yashirib bo‘lmaydi. Ammo ba’zi opa-singillarimiz o‘zlari bilan sodir bo‘lgan zo‘ravonlik holatlarini oshkor qilmaslikni afzal ko‘rishlarini ham yaxshi bilamiz Ushbu yo‘nalishda dastlabki qadamlar qo‘yildi, ammo oldinda uzoq va mashaqqatli ishlar turibdi. Bu kurashda har birimizning ishtirokimiz muhim”, - deydi Norboyeva.
O‘zbekiston Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, gender zo‘ravonlik – global muammo. Bu muammo mamlakatda ham bor. So‘nggi paytlarda bunday noxush holatlar jamoatchilik orasida ancha tez ovoza bo‘lmoqda. Bir tomondan, bu ijobiy o‘zgarish - ayollar endi nohaqlikni gapirishdan qo‘rqmayaptilar. Boshqa tomondan esa, bu holatning qay darajada keng tarqalgani kishini dahshatga soladi.
“Mamlakatimizda har qanday zo‘ravonlik ildizini quritish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Oldimizda uzoq va og‘ir yo‘l turibdi. Biroq biz buning uddasidan chiqamiz”, - deya ta’kidladi Mirziyoyeva.
Siluet jenshini. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
O‘zbekistonda xotin-qizlarni shilqimlardan himoyalashga qaratilgan bot ishga tushdi
Yangiliklar lentasi
0