Toshkent kengaymoqda: viloyatdan poytaxtga qancha yer o‘tkazildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPark "Golubie kupola" v Tashkente
Park Golubie kupola v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Obuna bo‘lish
Mirzo Ulug‘bek tumaniga jami 2294,6 gektar, shundan 1002,6 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlari o‘tgan.
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Toshkent viloyati hokimligi Qibray tumanidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tgan ijtimoiy obyektlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Mirzo Ulug‘bek tumaniga jami 2294,6 gektar, shundan 1002,6 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlari o‘tgan.
Bundan tashqari quyidagi obyektlarning Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tkazilishi ta’minlangan:
mahallar soni - 13 ta;
yakka tartibdagi turar joylar - 9137 ta;
noturar joylar - 428 ta;
maktablar - 2 ta;
maktabgacha ta’lim muassasalari - 4 ta;
diniy muassasalar - 1 ta;
qabristonlar - 2 ta;
tibbiy muassasalar - 1 ta.
Qibray tumanidan Mirzo Ulug‘bek tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani etib belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0