Qarshidagi ulkan bayroq qurilishi yana to‘xtatildi

© AFP 2023 / LUIS ROBAYOFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2021
Obuna bo‘lish
Qarshi shahrida 1,3 milliard so‘mlik bayroq o‘rnatilmaydigan bo‘ldi. Ikkinchi marta uni qurishdan voz kechishapti.
TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Qarshi shahrida 1,3 milliard so‘mlik ulkan bayroq ustuni yana qurilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan bu masalaga viloyat hokimi e’tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.
ta’kidlanishicha, daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qolgan mablag‘lar ichki yo‘llar ta’miri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Qarshida 1,3 milliard so‘mlik ulkan bayroq o‘rnatilishi xabar qilingan edi. O‘sha payt Qashqadaryo hokimi bo‘lgan Zoir Mirzayev bu bayroq qurilishidan voz kechib, u uchun mo‘ljallangan pullar xaroba yotoqxonalarni ta’mirlashga sarflanishini ma’lum qilgan edi. Keyinroq Qarshi shahar hokimi esa mazkur tashabbusni davom ettirib, bayroq ustun qurilishiga 300 million so‘m mablag‘ ajratgan edi.
Yangiliklar lentasi
0