Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Sobyanin Moskva qurilishlarida migrantlar soni kamayganini maʼlum qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka oʻtishStroitelstvo
Stroitelstvo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskva meri shahar qurilishlarida davlat buyurtmasi doirasida migrantlar soni ikki baravardan koʻproq kamayganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 21 noya — Sputnik. Moskva qurilishlarida shahar davlat buyurtmasi doirasida migrantlar soni ikki baravardan koʻproq kamaydi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, pandemiya va migrantlar oqimi kamayganiga qaramasdan Moskvadagi turar-joy qurilishi hajmi 2016 yilga qaraganda ikki baravarga oshgan.

“Moskva shahri qurilishi maydonlarida migrantlar soni, har holda shahar buyurtmasi doirasida, ikki baravardan koʻproq kamaydi”, - dedi Sobyanin “Rossiya 1” telekanali efirida.

Shahar meri bu yaxshi natija ekanini taʼkidladi.
Avvalroq Sergey Sobyanin Moskvada renovatsiya dasturi boʻyicha qurilishlarda migrantlar soni kam boʻlishi kerakligini maʼlum qilgandi.
Rabochiye na stroitelstve moskovskoy razvyazki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Migratsiya
Moskva qurilishlardagi migrantlardan voz kecha oladimi – ekspert fikri
Yangiliklar lentasi
0