https://oz.sputniknews.uz/20211121/sanatoriylarda-davolanish-uchun-yollanmani-olishda-qulaylik-yaratildi-21454780.html
Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmani olishda qulaylik yaratildi
Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmani olishda qulaylik yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmani olishda qulaylik yaratildi.
2021-11-21T15:23+0500
2021-11-21T15:23+0500
2021-11-21T15:23+0500
jamiyat
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
yo‘llanma
sanatoriy
davlat xizmatlari agentligi (dxa)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1151/64/11516450_0:0:960:540_1920x0_80_0_0_7ac08ae9e11312f68f9430348a165713.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yil 1-iyuldan sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.Bu Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida ko‘zda tutilgan.Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydiYo‘llanma keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmaning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin beriladi. Yo‘llanma faqat unda ko‘rsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.Ta’kidlanishicha, yo‘llanma keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmaning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin beriladi. Yo‘llanma faqat unda ko‘rsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.Qarorga ko‘ra, shuningdek, "Elektron sanatoriy" platformasi ishlab chiqiladi. Sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholi elektron axborot tizimi orqali hisobga olinadi. Yo‘llanmalar bo‘yicha navbatni kuzatish imkoniyatini beruvchi mexanizmlar joriy etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210408/jizzaxda-xalqaro-umummavsumiy-kurort-tashkil-etiladi--18219606.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1151/64/11516450_120:0:840:540_1920x0_80_0_0_a78805707dc6eae51cb4cb77d34ca06a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma dxm yo‘llanma olish
sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma dxm yo‘llanma olish
Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmani olishda qulaylik yaratildi
Yo‘llanma keksa va nogironligi bo‘lganlarga 12 kunga, yo‘llanmaning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin beriladi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yil 1-iyuldan sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali orqali beriladi.
Bu Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida
ko‘zda tutilgan.Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;
yoshga doir pensiya oluvchilar.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi
Yo‘llanma keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmaning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin beriladi. Yo‘llanma faqat unda ko‘rsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, yo‘llanma keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmaning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin beriladi. Yo‘llanma faqat unda ko‘rsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
Qarorga ko‘ra, shuningdek, "Elektron sanatoriy" platformasi ishlab chiqiladi. Sanatoriylarga yo‘llanma olish uchun murojaat qilgan aholi elektron axborot tizimi orqali hisobga olinadi. Yo‘llanmalar bo‘yicha navbatni kuzatish imkoniyatini beruvchi mexanizmlar joriy etiladi.