Ko‘p kvartirali uylar kamida 1 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan internetga ulanadi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSetevoe oborudovanie v servernoy
Setevoe oborudovanie v servernoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2021
Obuna bo‘lish
2023 yilgacha optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib berilishi kerak.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston hukumati mamlakatda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorni qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, 2022–2024 yillarda mamlakat telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlash reja-jadvali tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra, 2023-yilgacha, jumladan:
xalqaro ma’lumotlar uzatish kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi;
150 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga ma’lumotlar uzatish tarmog‘i kengaytiriladi;
optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xo‘jaliklarining kamida 80 foizi Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.
2021 yil yakunigacha barcha ichki ishlar organlari tayanch punktlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari xonalari, xalq ta’limi muassasalari, davlat arxivlari va tashkilotlari Internetga keng polosali ulanadi.
Qaror bilan mavjud chegara o‘tish nuqtalari orqali “O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston”, “O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy” va “O‘zbekiston–Turkmaniston–Ozarbayjon–Turkiya” yo‘nalishlarida xalqaro magistral kanallar tashkil etish rejalashtirilgan. Xitoyda yangi ulanish va o‘zaro Internet trafigi almashinuvi nuqtalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.
2022 yil 1-yanvardan Internetga keng polosali ulanish tarmoqlarini loyihalash va qurishda quyidagilar nazarda tutiladi:
- ma’muriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan;
- ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Mbit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati imkoniyati bilan ulash.
Noutbuk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
O‘zbekistonda internet tezlashdi – Axborot texnologiyalari vazirligi
Yangiliklar lentasi
0