Toshkentda Markaziy Osiyoda eng yirik vaksina omborxonasi ochildi

© Press-slujba Ministerstva zdravooxraneniya UzbekistanaV Tashkente otkrilsya samiy krupniy v Sentralnoy Azii sklad vaksin
V Tashkente otkrilsya samiy krupniy v Sentralnoy Azii sklad vaksin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda sovutiladigan maydoni 1000 km2 bo‘lgan vaksina omborxonasi ochildi. Ushbu omborxona O‘zbekistonda emlash uchun logistika markaziga aylanadi.
TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyoda eng yirik vaksina omborxonasi ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Vaksina omborida umumiy maydoni deyarli 1000 m2 dan iborat uchta sovuqlik kameralari bor. U yerda harorat 2-8 darajali xonalar, hajmi 3000litr bo‘lgan ultrasovuq va hajmi 40m3 bo‘lgane muzlatgich xonalar bor, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari inshootda immunizatsiya buyumlari saqlanadigan 1000m2 maydonli quruq omborxona ham bor.
Ushbu ombor O‘zbekistonda milliy emlash dasturi uchun logistika markaziga aylanib, vaksinalarni yetkazib berish va ularni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarni yanada kengaytirishi hamda yurtimizda ishonchli emlash tizimini yaratishga xizmat qiladi, - deyilgan xabarda.
Omborxonada yuklarni tez va samarali boshqarish uchun elektr yuk ko‘targichlar, dok naveslari, tekislash platformalari va ko‘tarish mexanizmlari mavjud. Ular ikkita elektr tarmog‘iga ulangan bo‘lib, uzluksiz elektr ta’minoti uchun kuchli zahira dizel generatoriga ega.
Inshootning ochilish marosimida YuNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan, JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutasaddilari hamda boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Aytish joizki, YuNISEF 2017-yildan buyon O‘zbekistonga jami 21 ta vaksina ombori qurilishida amaliy yordam berib kelmoqda. Xususan, sovutgichli yuk mashinalar, vaksinalar uchun konteynerlar va sovuqlik kameralarini yetkazib bergan.
Yangiliklar lentasi
0