https://oz.sputniknews.uz/20211120/rossiyaga-afgonistonda-qanday-hukumat-kerak---zamir-qobulov-javob-berdi-21450682.html
Rossiyaga Afg‘onistonda qanday hukumat kerak? - Zamir Qobulov javob berdi
Rossiyaga Afg‘onistonda qanday hukumat kerak? - Zamir Qobulov javob berdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Afg‘oniston bilan biznes qilishga tayyor, lekin buning uchun u yerda mustaqil, Rossiyaga do‘stona kayfiyatli hukumat kerak.
2021-11-20T22:00+0500
2021-11-20T22:00+0500
2023-04-05T18:35+0500
dunyoda
afg‘oniston
rossiya tiv
zamir kabulov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19674226_0:0:2909:1637_1920x0_80_0_0_453d71632ea699b09a66ad4470cc3266.jpg
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Rossiyaga Qobulda qanday hukumat kerak degan savolga Rossiya TIVining Ikkchi Osiyo bo‘limi boshlig‘i, Afg‘oniston bo‘yicha Rossiya prezidentining maxsus vakili Zamir Kabulov javob berdi. Sputnik Afg‘oniston "Rossiya 24" telekanali xabriga asosan. Shuningdek, Rossiya TIV vakili Tolibonni tanqid qilish kerak emasligini va ular davlatni boshqarishni endi o‘rganayotganini borasida fikr bildirdi. "Tolibonni davlat boshqaruvida tajribasi yo‘qlikda ayblab tanqid qilish kerak emas, axir ularning davlat boshqaruvida tajribasi yo‘q. Ular 20-yil davomida urush olib borishdi. Ulardan oldin Amerika tomonidan tayinlangan ma’muriyat ham buning uddasidan chiqmadi", - dedi Qobulov.Shunday ekan, Tolibon* davlatni boshqarish qo‘lidan keladiganlarga topshirsa nima bo‘ladi? Ushbu mavzuda Tolibon* bilan kengaytirilgan uchlik davlatlari (Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokiston) olib bormoqda. Ularni barcha etnik va siyosiy kuchlar vakillari yordamida mamlakatni tiklashga ko‘ndirishga harakat qilishmoqda.Zamir Qobulov aytishiga ko‘ra, Tolibon* hukumat boshiga kelganiga bor-yo‘g‘i 3 oy bo‘ldi. Shuning uchun ular hokimiyatni hech kim bilan “bo‘lishishni” istashmayapti. Buni ham “tushunsa bo‘ladi”.Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Rossiya TIVi Tolibon* boshqaruvi ostidagi Afg‘onistonga sobiq siyosiy va etnik rahbarlardan ayrimlarining qaytishiga umid qilmoqda.Ma’lumot uchun, qish tobora yaqinlashib kelarkan, Afg‘oniston gumanitar inqiroz yoqasiga yaqinlashmoqda. Xususan ushbu mamlakatda 18 million kishi qishda oziq-ovqat va issiqlik yetishmasligidan aziyat chekishi kutilmoqda. Xalqaro “Qizil xoch” jamiyati rahbari Peter Mayer aytishiga ko‘ra, “Afg‘onistonga qancha insonparvarlik yoradmi jo‘natilmasin – u davlat boshqaruvining o‘rnini bosa olmaydi”.* Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan tashkilot
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/0e/19674226_68:0:2797:2047_1920x0_80_0_0_f75f4a9e4824bed2eeb9a7c4bf798e7a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya afg‘oniston tolibon zamir kabulov
rossiya afg‘oniston tolibon zamir kabulov
Rossiyaga Afg‘onistonda qanday hukumat kerak? - Zamir Qobulov javob berdi
22:00 20.11.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Rossiya Afg‘oniston bilan biznes qilishga tayyor, lekin buning uchun u yerda mustaqil, Rossiyaga do‘stona kayfiyatli hukumat kerak.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Rossiyaga Qobulda qanday hukumat kerak degan savolga Rossiya TIVining Ikkchi Osiyo bo‘limi boshlig‘i, Afg‘oniston bo‘yicha Rossiya prezidentining maxsus vakili Zamir Kabulov javob berdi. Sputnik Afg‘oniston "Rossiya 24" telekanali xabriga
asosan. “Rossiya Afg‘onistonda qator iqtisodiy loyihalarda ishtirok etishga tayyor, lekin bu asosiysi emas, Rossiyaga Afg‘onistonda mustaqil, o‘z fikriga ega bo‘lgan va Rossiyaga nisbatan do‘stona munosabatda bo‘lgan hukumat kerak”, - dedi Zamir Qobulov.
Shuningdek, Rossiya TIV vakili Tolibonni tanqid qilish kerak emasligini va ular davlatni boshqarishni endi o‘rganayotganini borasida fikr bildirdi.
"Tolibonni davlat boshqaruvida tajribasi yo‘qlikda ayblab tanqid qilish kerak emas, axir ularning davlat boshqaruvida tajribasi yo‘q. Ular 20-yil davomida urush olib borishdi. Ulardan oldin Amerika tomonidan tayinlangan ma’muriyat ham buning uddasidan chiqmadi", - dedi Qobulov.
Shunday ekan, Tolibon* davlatni boshqarish qo‘lidan keladiganlarga topshirsa nima bo‘ladi?
Ushbu mavzuda Tolibon* bilan kengaytirilgan uchlik davlatlari (Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokiston) olib bormoqda. Ularni barcha etnik va siyosiy kuchlar vakillari yordamida mamlakatni tiklashga ko‘ndirishga harakat qilishmoqda.
Zamir Qobulov aytishiga ko‘ra, Tolibon* hukumat boshiga kelganiga bor-yo‘g‘i 3 oy bo‘ldi. Shuning uchun ular hokimiyatni hech kim bilan “bo‘lishishni” istashmayapti. Buni ham “tushunsa bo‘ladi”.
Lekin bu yerda javobgarlik masalasi ham bor. Nafaqat davlat uchun balkim o‘z xavfsizligi uchun ham. Agar toliblarda o‘zini-o‘zi asrab qolish instinkti bo‘lsa – ular bizning taklifimizga oxiri rozi bo‘ladi, - deydi Qobulov.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Rossiya TIVi Tolibon* boshqaruvi ostidagi Afg‘onistonga sobiq siyosiy va etnik rahbarlardan ayrimlarining qaytishiga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, qish tobora yaqinlashib kelarkan, Afg‘oniston gumanitar inqiroz yoqasiga yaqinlashmoqda. Xususan ushbu mamlakatda 18 million kishi qishda oziq-ovqat va issiqlik yetishmasligidan aziyat chekishi kutilmoqda. Xalqaro “Qizil xoch” jamiyati rahbari Peter Mayer aytishiga ko‘ra, “Afg‘onistonga qancha insonparvarlik yoradmi jo‘natilmasin – u davlat boshqaruvining o‘rnini bosa olmaydi”.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan tashkilot