https://oz.sputniknews.uz/20211120/rossiyada-vafot-etgan-quruvchi-oilasiga-kompensatsiya-undirib-berildi-21446456.html
Rossiyada vafot etgan quruvchi oilasiga kompensatsiya undirib berildi
Rossiyada vafot etgan quruvchi oilasiga kompensatsiya undirib berildi
Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vafot etgan mehnat migrantiga ish beruvchidan kompensatsiya undirib berdi. 20.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-20T13:07+0500
2021-11-20T13:07+0500
2023-04-05T18:35+0500
migratsiya
migrantlar
migratsiya
qurilish
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1201/81/12018123_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_0682d46d28d295b5b8af5f05029aadba.jpg
TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlik mehnat migrantining oilasiga 1 mln rubldan ortiq mablag‘ undirib berildi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi. 1994-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi B.Yusupov Rossiyaning “MONOTEK STROY” MChJda ish boshlaganidan 2 oy 5 kun o‘tib, 2020-yil 21-sentabr kuni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etadi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan rossiyalik yuristlar jamoasi jalb etilib, uzoq davom etgan jarayonlardan so‘ng ish beruvchidan 1 mln 161 ming rubl (15 774 AQSh dollari) mablag‘ to‘lab berish bo‘yicha ish beruvchi bilan yuridik kelishuvga erishildi. Marhumning Xorazm viloyatida ota-onasi bilan birga yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va 2019-yilda tug‘ilgan qizi qolgan. Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan ushbu mablag‘ni undirish va marhumning voyaga yetmagan qiziga 18 yoshga to‘lgunga qadar nafaqa tayinlash masalasi hal qilinmoqda.Bugungi kunda bir milliondan ortiq o‘zbekistonliklar Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyati olib borishmoqda. Ularning aksariyati qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda. Afsuski, ish jarayonida turli baxtsiz holatlar yuz berishi va ba’zan bu o‘lim bilan ham tugashi mumkin. Ammo, ish joyidagi o‘lim yoki shikastlanish ish beruvchining aybi bilan sodir bo‘lsa, marhumning qarindoshlari kompensatsiya olish huquqiga ega ekanidan ko‘pchilik xabardor emas. Xorijda baxtsizlik yuz berganda, huquqiy himoya kerak bo‘lganda yoki og‘ir vaziyatga tushib qolganingizda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy bo‘linmalariga murojaat qilishingiz mumkin. Bugungi kunda ular Rossiyada 18 ta, Qozog‘istonda 4 ta, Turkiyada 3 ta advokatlik tashkilotlariga bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1201/81/12018123_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_044be30d3be3daffac2fa9e2bdec997f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, migratsiya, qurilish, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi , rossiya
migratsiya, migrantlar, migratsiya, qurilish, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi , rossiya
Rossiyada vafot etgan quruvchi oilasiga kompensatsiya undirib berildi
13:07 20.11.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vafot etgan mehnat migrantiga ish beruvchidan kompensatsiya undirib berdi.
TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlik mehnat migrantining oilasiga 1 mln rubldan ortiq mablag‘ undirib berildi, deb xabar qilmoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
1994 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi B.Yusupov Rossiyaning “MONOTEK STROY” MChJda ish boshlaganidan 2 oy 5 kun o‘tib, 2020-yil 21-sentabr kuni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etadi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan rossiyalik yuristlar jamoasi jalb etilib, uzoq davom etgan jarayonlardan so‘ng ish beruvchidan 1 mln 161 ming rubl (15 774 AQSh dollari) mablag‘ to‘lab berish bo‘yicha ish beruvchi bilan yuridik kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Rossiya qonunchiligiga muvofiq, marhumning oilasiga jabrlanuvchining ish joyida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani munosabati bilan 1 mln rubl atrofida kompensatsiya berilishi ham ko‘zda tutilgan.
Marhumning Xorazm viloyatida ota-onasi bilan birga yashovchi 1995-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va 2019-yilda tug‘ilgan qizi qolgan.
Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan ushbu mablag‘ni undirish va marhumning voyaga yetmagan qiziga 18 yoshga to‘lgunga qadar nafaqa tayinlash masalasi hal qilinmoqda.
Bugungi kunda bir milliondan ortiq o‘zbekistonliklar Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyati olib borishmoqda. Ularning aksariyati qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda.
Afsuski, ish jarayonida turli baxtsiz holatlar yuz berishi va ba’zan bu o‘lim bilan ham tugashi mumkin. Ammo, ish joyidagi o‘lim yoki shikastlanish ish beruvchining aybi bilan sodir bo‘lsa, marhumning qarindoshlari kompensatsiya olish huquqiga ega ekanidan ko‘pchilik xabardor emas.
Xorijda baxtsizlik yuz berganda, huquqiy himoya kerak bo‘lganda yoki og‘ir vaziyatga tushib qolganingizda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy bo‘linmalariga murojaat qilishingiz mumkin. Bugungi kunda ular Rossiyada 18 ta, Qozog‘istonda 4 ta, Turkiyada 3 ta advokatlik tashkilotlariga bilan hamkorlik shartnomasi imzolagan.