https://oz.sputniknews.uz/20211119/tiv-rahbarlari-mirziyoev-va-putin-uchrashuvida-qanday-hujjatlar-imzolanishini-malum-qilishdi-21426338.html
Oliy darajadagi tashrif oldidan TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Oliy darajadagi tashrif oldidan TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov Moskvada 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuvga tomonlarning tayyorligi yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
2021-11-19T09:56+0500
2021-11-19T09:56+0500
2021-11-19T15:23+0500
abdulaziz kamilov
o‘zbekiston tashqi ishlar vazirining xalq bilan muloqoti
sergey lavrov
shavkat mirziyovning rossiyaga tashrifi 2021
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/13/21426467_0:0:1000:563_1920x0_80_0_0_2ae6c9e4868de8ec9229121c9222441a.jpg
TOShKENT, 19 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi oldidan ikki davlat tashqi ishlar vazirninging uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov Moskvada 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuvga tomonlarning tayyorligi yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Shavkat Mirziyoyevning moskvaga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya orasida turli sohalarda hamkorlik qilishga doir 18ta shartnoma va kelishuvlar imzolanishi ma’lum bo‘ldi. Ushbu hujjatlar orasida quyidagilar bor: Undan tashqari TIV rahbarlari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi ham imzolandi.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga ko‘ra ushbu shartnoma Rossiya va O‘zbekistonning xalqaro maydonda ham umumiy ham milliy ustuvorliklarini olg‘a surish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashtiradi. Abdulaziz Kamilov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarilgan. Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuv o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochish va turli sohalarda aniq vazifalarni belgilish uchun xizmat qiladi.Ma’lumot uchun 19-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tashrif doirasida Rossiya prezidenti bilan uchrashuv, shartnomalarni imzolash marosimlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/13/21426467_45:0:933:666_1920x0_80_0_0_427006a139dc28137f53b82c1fec589d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya tashqi ishlar vazirlari kamilov lavrov
o‘zbekiston rossiya tashqi ishlar vazirlari kamilov lavrov
Oliy darajadagi tashrif oldidan TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
09:56 19.11.2021 (yangilandi: 15:23 19.11.2021) Rossiya va O‘Zbekiston tashqi ishlar vazirlari oliy darajada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvga tayyorgarlik yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
TOShKENT, 19 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi oldidan ikki davlat tashqi ishlar vazirninging uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov Moskvada 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuvga tomonlarning tayyorligi yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Shavkat Mirziyoyevning moskvaga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya orasida turli sohalarda hamkorlik qilishga doir 18ta shartnoma va kelishuvlar imzolanishi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu hujjatlar orasida quyidagilar bor:
Xalqaro yadroviy va radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida shartnoma;
Biologik xavfsizlikni ta’minlash memorandumi;
Axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi shartnoma;
Qurilish, energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnoma;
Undan tashqari TIV rahbarlari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi ham imzolandi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga ko‘ra ushbu shartnoma Rossiya va O‘zbekistonning xalqaro maydonda ham umumiy ham milliy ustuvorliklarini olg‘a surish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashtiradi.
Abdulaziz Kamilov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarilgan. Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan oliy darajadagi uchrashuv o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochish va turli sohalarda aniq vazifalarni belgilish uchun xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun 19-noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Tashrif doirasida Rossiya prezidenti bilan uchrashuv, shartnomalarni imzolash marosimlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.