https://oz.sputniknews.uz/20211119/putin-rossiya-va-ozbekiston-ortasida-hamkorlik-istiqbollarini-baholadi-21438872.html
Putin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini baholadi
Putin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini baholadi
Sputnik O‘zbekiston
Moskva va Toshkent hamkorligi O‘zbekiston fuqarolarining farovonligini oshirishga yordam beradi - Putin.
2021-11-19T18:01+0500
2021-11-19T18:01+0500
2023-04-05T18:34+0500
shavkat mirziyovning rossiyaga tashrifi 2021
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0b/19203928_0:381:2048:1533_1920x0_80_0_0_db848317942bafbaea8f71ead3b69f51.jpg
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Moskva va Toshkent hamkorligi O‘zbekiston fuqarolarining farovonligini oshirishga yordam beradi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.“Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorligimiz O‘zbekistonning imkoniyatlari o‘sishi, mamlakat fuqarolarining farovonligini oshirishga xizmat qilishiga aminman”, - dedi Rossiya yetakchisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida."O‘zbekiston shunchaki eng yaqin qo‘shnimiz emas, balki ittifoqchi hamdir – biz O‘zbekistonga aynan shunday munosabatda bo‘lamiz. Tarixan ham, bugungi kunda ham ko‘p narsa bilan bizni bog‘laydigan yirik mintaqaviy davlat", - dedi Putin.Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 18 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Savdo aylanmasi o‘sib bormoqda: pandemiyaga qaramay, o‘tgan yili u 15 foizdan ortiq o‘sdi. "Bu juda yaxshi ko‘rsatkich, hatto og‘ir paytlarda ham biz o‘zaro aloqadamiz va muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqdamiz", - deb qo‘shimcha qildi RF yetakchisi."Rossiya tomonidan yaxshi miqdorda investitsiyalar - 10 milliard dollardan ortiq. Qiziqarli loyihalar mavjud bo‘lib, bugungi kunda ham mintaqaviy, ham davlatlararo miqyosda - barcha yo‘nalishlarda ishlar davom etmoqda. Bu iqtisodiyot, gumanitar aloqalar va transport infratuzilmasiga taalluqli", - dedi Vladimir Putin.
https://oz.sputniknews.uz/20211119/kremlda-putin-va-mirziyoev-uchrashuvi-boshlandi-21437289.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0b/19203928_0:189:2048:1725_1920x0_80_0_0_bfdcefcb2e37459d8cbda6ed475346f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya va o‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik
rossiya va o‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik
Putin Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik istiqbollarini baholadi
18:01 19.11.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Toshkent va Moskva hamkorligi O‘zbekiston fuqarolarining farovonligini oshirishga yordam beradi - Putin
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Moskva va Toshkent hamkorligi O‘zbekiston fuqarolarining farovonligini oshirishga yordam beradi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorligimiz O‘zbekistonning imkoniyatlari o‘sishi, mamlakat fuqarolarining farovonligini oshirishga xizmat qilishiga aminman”, - dedi Rossiya yetakchisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida.
"O‘zbekiston shunchaki eng yaqin qo‘shnimiz emas, balki ittifoqchi hamdir – biz O‘zbekistonga aynan shunday munosabatda bo‘lamiz. Tarixan ham, bugungi kunda ham ko‘p narsa bilan bizni bog‘laydigan yirik mintaqaviy davlat", - dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 18 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. Savdo aylanmasi o‘sib bormoqda: pandemiyaga qaramay, o‘tgan yili u 15 foizdan ortiq o‘sdi.
"Bu juda yaxshi ko‘rsatkich, hatto og‘ir paytlarda ham biz o‘zaro aloqadamiz va muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqdamiz", - deb qo‘shimcha qildi RF yetakchisi.
"Rossiya tomonidan yaxshi miqdorda investitsiyalar - 10 milliard dollardan ortiq. Qiziqarli loyihalar mavjud bo‘lib, bugungi kunda ham mintaqaviy, ham davlatlararo miqyosda - barcha yo‘nalishlarda ishlar davom etmoqda. Bu iqtisodiyot, gumanitar aloqalar va transport infratuzilmasiga taalluqli", - dedi Vladimir Putin.