Rossiya-O‘zbekiston savdo-sotig‘i yil oxirida 7 milliard bo‘ladi - Mirziyoyev

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyoyevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2021
Obuna bo‘lish
Munosabatlarimizda oldin bunday raqam hech qachon bo‘lgan emas. O‘zaro shartnomalarimizni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun men sizdan juda ham minnatdorman - Mirziyoyev.
TOShKENT, 19 noya - Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning o‘zaro savdo-sotig‘i hajmi yil oxirga borib 7 milliard dollarga yetadi, dedi Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda.
- Birinchi navbatda, meni taklif qilganingiz hamda ushbu iliq qabul uchun sizdan minnatdorman, - deb so‘z boshladi Shavkat Mirziyoyev. - Bugun O‘zbekiston va Rossiya munosabatlaridagi yutuqlarda sizning hissangiz katta.

Shuni alohida qayd etmoqchimanki, so‘nggi yillarda munosabatlarimizda juda katta oldinga siljish sodir bo‘ldi. Bizda oldin bunday ko‘rsatgichlar hech qachon bo‘lmagan: ushbu yilning 9 oyi natijalariga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 5 milliardni tashkil qilmoqda, yil oxiriga qadar 7 milliard bo‘ladi. Munosabatlarimizda oldin bunday raqam hech qachon bo‘lgan emas. O‘zaro shartnomalarimizni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun men sizdan juda ham minnatdorman.

Bosh vazirlar yetakchiligidagi hukumatlararo komissiya ham juda yaxshi faoliyat olib bormoqda. Siz qo‘llab-quvvatlayapsiz, vazirlar, qo‘shma komissiyalar ishlayapti va bular juda yaxshi natija bermoqda.
Ushbu tashrifgacha juda jiddiy ishlar amalga oshirildi: Uchta yirik forum tashkil qilindi: hududlararo hamkorlik, ta’lim va media forumlari.
Natijalar haqida gapirsak, bugun bizning qo‘limizda, umumiy qiymati 14 milliard dollar bo‘lgan loyihalar tayyorlanmoqda. Bu jiddiy natija. Biz siz bilan uch yil oldin boshlaganimizda bularning hech biri yo‘q edi. Ayniqsa hududlararo uchrashuvlar katta natija bermoqda.
Ta’lim forumi natijalariga ko‘ra 35dan ortiq shartnomalar imzolandi. So‘nggi uch yilda esa O‘zbekistonda Rossiyaning 11ta OTMi filiallari ochildi. Hozirgi kunda ularning soni 15tani tashkil qilmoqda. Yaqinda Pirogov nomidagi tibbiyot universiteti filiali bizda ochildi.
Madaniy-gumanitar, transport va siz aytgandek harbiy-texnik hamkorligi ham rivojlanmoqda.
Parlamentlarimiz orasida ham hamkorlik juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Oldin bu ham yo‘q edi. Ular o‘z oldigan qo‘yilgan vazifalargni bajarishga juda jiddiy kirishishgan.
Bugungi kunda oramizda chuqurlashtirilgan integratsiya ketmoqda va shu sababli ham biz muhokama qiladigan mavzular ko‘p. Oldin hududlararo kelishuvlarni muhokama qilgan bo‘lsak bugun qo‘shilgan qiymat loyihalarini muhokama qilmoqdamiz. Bular, siz bilan mug‘okama qilganimizdek, jiddiy va yirik loyihalar, metallurgiya sohasida va ular muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Mening fikrimcha bugun bizda barcha hududlararo, ikki tomonlama munosabatlarni, xavfsizlik, Afg‘oniston, masalalarini muhokama qilish va kelajak uchun jiddiy qarorlar qabul qilish uchun yaxshi imkoniyat bor.
Vladimir Putin: Katta rahmat. Tashrifingiz uchun rahmat.
Yangiliklar lentasi
0