Yangi xalq ta’limi vaziri tayinlandi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaMinistr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Baxtiyor Saidov
Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan Baxtiyor Saidov xalq ta’limi vaziri lavozimini egalladi.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Baxtiyor Saidov xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonga imzo chekdi.
Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Baxtiyor Saidov nomzodini ushbu lavozimga ma’qullashgan edi.
Saidov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U shu kunga qadar Vazirlar Mahakamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida faoliyat yuritgan.
Saidov O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi sifatida 2017-yil iyundan beri ishlab kelayotgan edi. U 2018-yilning aprel oyidan O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondagi elchisi, 2019-yildan esa — Filippindagi elchisi (qarorgohi Pekinda joylashgan) lavozimlarida ham faoliyat yuritayotgan edi.
Bugungacha xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelgan Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0