https://oz.sputniknews.uz/20211118/toshkent-viloyatida-emlanmagan-qariyb-33-ming-xodim-ishdan-chetlatildi-21417123.html
Toshkent viloyatida emlanmagan qariyb 3,3 ming xodim ishdan chetlatildi
Toshkent viloyatida emlanmagan qariyb 3,3 ming xodim ishdan chetlatildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatidagi tadbirkorlik subyektlari va budjet tashkilotlarida vaksina olishdan bosh tortgan jami 3229 nafar xodim ishdan chetlatildi, 374 nafari esa jarimaga tortildi.
2021-11-18T16:32+0500
2021-11-18T16:32+0500
2021-11-18T16:34+0500
jamiyat
toshkent viloyati
vaksina
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
sanitariya-epidemiologiya xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18078272_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c73cb0f891f44f031caf51d41f96c6a6.jpg
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan talablarga amal qilmagani uchun qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va hududiy bo‘limlari viloyatda 1863 ta tekshirish tadbirini tashkil etishgan. Jarayon davomida esa 6526 nafar fuqaro vaksina olmagani aniqlangan.Qayd etilishicha, vaksina olmaganlardan 1402 nafari tadbirkorlik subyektlari va 5035 nafari budjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bo‘lgan.O‘zbekistonda iyul oyida 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilangan edi.2 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonun bilan Mehnat kodeksiga xodim emlanishdan bosh tortgan holda ish beruvchi uni vaqtincha ishdan chetlatishi mumkinligi haqida o‘zgartish kiritilgan edi.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jami 30,5 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi kerak bo‘lganlarning 74,6 foizi vaksinaning kamida birinchi dozasini olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210801/davletov-ish-beruvchi-emlanmagan-xodimini-ishdan-boshatish-emas-ishdan-chetlatishi-mumkin-19902357.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/01/18078272_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2779df2741d92df616c4f241d8d52030.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
emlanganlik uchun qanday jazo bor emlanmaganlar ishdan chetlatildi emlanmasa nima bo‘ladi vaksina olishdan bosh tortish uchun jazo emlanmagan qanday jazolanadi emlanmaganlarga jarima
emlanganlik uchun qanday jazo bor emlanmaganlar ishdan chetlatildi emlanmasa nima bo‘ladi vaksina olishdan bosh tortish uchun jazo emlanmagan qanday jazolanadi emlanmaganlarga jarima
Toshkent viloyatida emlanmagan qariyb 3,3 ming xodim ishdan chetlatildi
16:32 18.11.2021 (yangilandi: 16:34 18.11.2021) Tekshirish tadbirida 6526 nafar fuqaro vaksina olmagani aniqlangan. 5 ta obyekt faoliyati to‘xtatilgan.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Toshkent viloyatida koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan talablarga amal qilmagani uchun qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va hududiy bo‘limlari viloyatda 1863 ta tekshirish tadbirini tashkil etishgan. Jarayon davomida esa 6526 nafar fuqaro vaksina olmagani aniqlangan.
Qayd etilishicha, vaksina olmaganlardan 1402 nafari tadbirkorlik subyektlari va 5035 nafari budjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bo‘lgan.
“Bunday holatlar Toshkent viloyatida 3608 tani tashkil etadi. Bular orasida 3229 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirildi, 374 nafari tegishli tartibda jarimaga tortildi, 5 ta obyekt faoliyati to‘xtatildi”,
- deyiladi
xabarda.O‘zbekistonda iyul oyida 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib
belgilangan edi.2 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qonun bilan Mehnat kodeksiga xodim emlanishdan bosh tortgan holda ish beruvchi uni vaqtincha ishdan chetlatishi mumkinligi haqida o‘zgartish
kiritilgan edi.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jami 30,5 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Emlanishi kerak bo‘lganlarning 74,6 foizi vaksinaning kamida birinchi dozasini olgan.