https://oz.sputniknews.uz/20211118/rossiya-ozbekiston-pyotr-fedorov-ozbek-xalqining-oltin-yuragi-va-xalqlar-dostligi-haqida-21413570.html
Rossiya-O‘zbekiston: Potr Fodorov o‘zbek xalqining oltin yuragi va xalqlar do‘stligi haqida
Rossiya-O‘zbekiston: Potr Fodorov o‘zbek xalqining oltin yuragi va xalqlar do‘stligi haqida
Sputnik O‘zbekiston
Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi (VGTRK)ning xalqaro aloqalar direksiyasi rahbari Petr Fedorov II Rossiya-O‘zbekiston mediaforumida so‘zga chiqdi.
2021-11-18T14:30+0500
2021-11-18T14:30+0500
2023-04-05T18:34+0500
o‘zbekiston
shavkat mirziyovning rossiyaga tashrifi 2021
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/12/21414170_0:242:3071:1969_1920x0_80_0_0_202679905fca971aca5c0da3d2b0a71f.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi (VGTRK)ning xalqaro aloqalar direksiyasi rahbari Potr Fodorov II Rossiya-O‘zbekiston mediaforumida so‘zga chiqdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘p narsa o‘zgardi, lekin bir narsa o‘zgarmadi – ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining oltin yuragi. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston nafaqat Rossiyadan, balki Ukraina, Belarus va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlaridan qochoqlarni qabul qildi.Ammo eng ta’sirli narsa: ehtimol bu bironta ham bolalar uyi paydo bo‘lmagan yagona respublika, chunki sizning ayollaringiz Leningrad, Kiyevdan kelgan ota-onasi va uyidan ayrilgan baxtsiz bolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri vokzaldan olib ketishgan.Buni hech qachon unutib bo‘lmaydi."1966 yil Toshkentda zilzila bo‘lganda men 13 yoshda edim. Bir yarim oydan so‘ng lagerdagi “lineyka” vaqtida bizga bu haqda xabar berildi. O‘sha vaqtda oromgohlarimizga Toshkentdan bolalar kelishdi. Kiyimlarni berdik, bolalar davolana boshladi, ko‘p o‘tmay qizlarimiz o‘zbekcha sochni mayda o‘rashni o‘rganishdi. Bizni, o‘g‘il bolalarni esa futbol birlashtirdi - o‘shanda afsonaviy "Paxtakor" cho‘qqida edi.Men uchun bu jonli faktlar. O‘zbekiston bilan bog‘liqlik samimiy va u menda yashamoqda, aminmanki - forumimizning maqsadi shu: bu Rossiya va O‘zbekiston yoshlarida yashashni davom etishi kerak va biz o‘zimiz suyangan o‘tmishimizni – kelajakka o‘tkazishimiz kerak", - dedi Fodorov.
https://oz.sputniknews.uz/20211118/dmitriy-kiselev-ozbekistonda-soz-erkinligi-haqida-gapirdi-21411620.html
https://oz.sputniknews.uz/20211118/ozbekiston-va-rossiya-bir-necha-milliard-dollarlik-bitim-imzoladi--21406832.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/12/21414170_143:0:2874:2048_1920x0_80_0_0_3b783f24d618788fac04feb69fc50736.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
petr fedorov o‘zbek xalqining oltin yuragi haqida
petr fedorov o‘zbek xalqining oltin yuragi haqida
Rossiya-O‘zbekiston: Potr Fodorov o‘zbek xalqining oltin yuragi va xalqlar do‘stligi haqida
14:30 18.11.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Potr Fodorov II Rossiya-O‘zbekiston mediaforumida so‘zga chiqdi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi (VGTRK)ning xalqaro aloqalar direksiyasi rahbari Potr Fodorov II Rossiya-O‘zbekiston mediaforumida so‘zga chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘p narsa o‘zgardi, lekin bir narsa o‘zgarmadi – ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining oltin yuragi. Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston nafaqat Rossiyadan, balki Ukraina, Belarus va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlaridan qochoqlarni qabul qildi.
Ammo eng ta’sirli narsa: ehtimol bu bironta ham bolalar uyi paydo bo‘lmagan yagona respublika, chunki sizning ayollaringiz Leningrad, Kiyevdan kelgan ota-onasi va uyidan ayrilgan baxtsiz bolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri vokzaldan olib ketishgan.
Buni hech qachon unutib bo‘lmaydi.
"1966 yil Toshkentda zilzila bo‘lganda men 13 yoshda edim. Bir yarim oydan so‘ng lagerdagi “lineyka” vaqtida bizga bu haqda xabar berildi. O‘sha vaqtda oromgohlarimizga Toshkentdan bolalar kelishdi. Kiyimlarni berdik, bolalar davolana boshladi, ko‘p o‘tmay qizlarimiz o‘zbekcha sochni mayda o‘rashni o‘rganishdi. Bizni, o‘g‘il bolalarni esa futbol birlashtirdi - o‘shanda afsonaviy "Paxtakor" cho‘qqida edi.
Men uchun bu jonli faktlar. O‘zbekiston bilan bog‘liqlik samimiy va u menda yashamoqda, aminmanki - forumimizning maqsadi shu: bu Rossiya va O‘zbekiston yoshlarida yashashni davom etishi kerak va biz o‘zimiz suyangan o‘tmishimizni – kelajakka o‘tkazishimiz kerak", - dedi Fodorov.