Putin Afg‘onistondan Rossiya fuqarolarini evakuatsiya qilishni topshirdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishGruzovoy samolet Il-76MD vo vremya evakuatsii grajdan RF iz Afganistana.
Gruzovoy samolet Il-76MD vo vremya evakuatsii grajdan RF iz Afganistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonga insonparvarlik yordami olib kelgan Rossiya harbiy-transport samolyotlari orqaga qaytishda 380 kishini olib ketadi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Vladimir Putin topshirig‘iga asosan Afg‘onistondan 380 kishini evakuatsiya qiladi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Ayni damda uchta Il-76 harbiy transport samolyotlari Qobul aeroportiga 108 tonna insonparvarlik yordami olib kelgan. Evakuatsiya qilish kutilayotgan fuqarolar samolyotga chiqarilmoqda", - deyilgan xabarda.

Ushbu harbiy-transport samolyotlar Rossiya fuqarolaridan tashqari Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston va Afg‘oniston fuqarolarini evakuatsiya qilishi kutilmoqda. Har bir samolyotda harbiy shifokorlar brigadalari va kerakli tibbiy buyumlar bor, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida ham Rossiya Afg‘onistondan 400nafarga yaqin Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilgan edi.
Tolibon* harakai Afg‘oniston hukumati boshiga 2021-yilning avgust oyida kelgan edi. Shundan so‘ng ko‘plab xorijiy davlatlar o‘z fuqarolarini ushbu mamlakatdan evakuatsiya qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0