Xavfli yuklar, O‘zbekiston-Tojikiston: prezident qarori tayyorlandi

© Sputnik / Ilya NaymushinGruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse
Gruzovoy avtomobil dvijetsya po federalnoy trasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududi orqali Tojikistonga xavfli yuklarni olib o‘tish tartibi soddalashtiriladi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Transport vazirligi “Xalqaro shartnoma tasdiqlash to‘g‘risida” prezident qarori loyihasini tayyorladi.
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
O‘zbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasi: prezident qarori tayyorlandi
O‘zbekiston hukumati va Tojikiston hukumati o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali xavfli yuklarni olib o‘tish to‘g‘risidagi kelishuv loyihasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston prezidenti 10-iyun kuni Tojikistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrif jarayonida imzolandi.
Hozirgi vaqtda qonunga asosan tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati 30 kundan oshmaydi.
“Tojikiston tomoni O‘zbekiston hududi orqali Tojikistonning xavfli yuklarini olib o‘tish uchun ruxsatnomani 1 oydan 1-yilgacha cho‘zish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgan”, - deyilgan hujjatda.
Kelishuvga muvofiq, O‘zbekiston Transport vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali xavfli yuklar olib o‘tilishi bo‘yicha qaror qabul qilish va ruxsat berish vakolatiga ega vakolatli organ hisoblanadi.
Tranzit bir yilgacha muddatga beriladigan umumiy yoki bir martalik ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ariza beruvchilar yoki ekspeditorlik tashkiloti tashishni boshlashdan oldin O‘zbekiston tomoni vakolatli organini boshqa davlatlar tomonidan berilgan, ularning hududlari orqali tranzitni amalga oshirish rejalashtirilgan zarur tranzit ruxsatnomalarining mavjudligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Yangiliklar lentasi
0