Rossiya fuqarosi Qozog‘istonda 20-yildan beri qullikda bo‘lgani aytilmoqda - video

© AP Photo / Vladimir TretyakovPolitsiya Kazaxstana
Politsiya Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda Rossiya fuqarosining noqonuniy ushlab turilishi holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Qozog‘istonda Rossiya fuqarosining noqonuniy ushlab turilishi holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar qildi RIA Novosti agentligiga Qarag‘anda viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Bunga ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan video sabab bo‘ldi. Unda erkak o‘zini Yaroslavl viloyati Gavrilov-Yamskiy tumanidagi Gore-Graz qishlog‘ida tug‘ilgan Aleksey Aleksandrovich Kotov deb tanishtiradi. U 20-yildan beri Qarag‘anda viloyatida asirlikda bo‘lganini aytadi va ota-onasidan “Qozog‘istondan chiqib ketishiga” yordam berishlarini so‘raydi. Politsiya videoni RIA Novostiga taqdim etdi.
"Shet tumanida politsiya tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbir davomida 44 yoshli erkak - Rossiya Federatsiyasi fuqarosi aniqlandi. U 44 yoshli mahalliy fuqaro tomonidan yigirma yil davomida noqonuniy ekspluatatsiya qilingan va mehnatga majbur qilingan", - deb tushuntirishdi matbuot xizmatida.
Gumonlanuvchi qo‘lga olindi, hozirda u bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rossiya elchixonasi barcha holatlarni tekshirish maqsadida sohaviy bo‘linmalari xodimlarini Qarag‘anda viloyatiga yubordi.
Yangiliklar lentasi
0