Qaynoq Markaziy Osiyo: respublikalar harbiy kuchlarini qanday birlashtirmoqda

© Ministerstvo oboroni respubliki UzbekistanCovmestnie ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennix na poligone "Matibulak"
Covmestnie ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennix na poligone Matibulak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston jahon OAVning birinchi sahiflalaridan tushgan bo‘lsada, mintaqada terrorchilik, giyohvand moddalar savdosi tahdidlari saqlanib qolmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari janubiy strategik yo‘nalishda o‘zaro harbiy mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
TOShKENT, 16 noya - Sputnik. 17-noyabr kuni Afg‘oniston chegarasi yaqinida Tojikistonning Faxrobod poligonida KXShTning "Kobalt" maxsus kuchlarining manyovrlari va O‘zbekistondagi Termiz poligonida qozoq-o‘zbek qo‘shma "Hamkorlik-2021" o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Ushbu ikki tadbirk birlashtirilmagan bshlsada, lekin ularning maqsadi yagona – Afg‘onistondan xalqaro terroristik guruhlarning ehtimoliy qurolli ekspansiyasiga qarshi birgalikda kurashni mashq qilishdir.
Rossiya Markaziy harbiy okrugining maxsus bo‘linmalari 16-noyabr kuni Faxrobod poligoniga Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Tezkor harakat kollektiv kuchlarining "Kobalt-2021" qo‘shma mashg‘ulotlarida qatnashish uchun yetib keldi. Bu yerda rossiyalik mutaxassislar Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondagi hamkasblari bilan birgalikda jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha uch kunlik o‘quv amaliyotini o‘tkazadi.
Bo‘linmalar allaqachon marshda "ifloslangan hududlardan " o‘tishni, “dushman”ning sabotaj va razvedka guruhlari hujumlarini va havo hujumlarini qaytarish mashqlarini bajarishdi. “Kobalt” o‘quvlarida Rossiyadan 60 nafar harbiy xizmatchi va 10 ta harbiy texnika, jumladan ikkita ko‘p maqsadli Mi-8MTV5-1 vertolotlari ham ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston va Qozog‘iston qo‘shinlarning "Hamkorlik-2021" qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari 17-24 noyabr kunlari O‘zbekiston janubida o‘tkaziladi. Maqsad – aksilterror operatsiya davomida ikki davlat qurolli kuchlarining o‘zaro operativ moslashuvchanligini hamda hamkorlik darajasini oshirishdir. Qozog‘istondan 100 dan ortiq harbiy xizmatchilar, ko‘p funksiyali Su-30SM qiruvchi samolyotlari, S-295 harbiy-transport samolyotlari, Qozog‘iston Respublikasi Harbiy-havo kuchlarining taktik uchuvchisiz uchish apparatlari ham ishtirok etmoqda. Manyovrlar davomida qo‘shinlar qidiruv-razvedka, dushmanning oldinga siljish otradlarini yo‘q qilish, hujumni qaytarish va noqonuniy qurolli tuzilmalarni yo‘q qilish bo‘yicha mashqlarni bajarishadi.
Qozog‘istonning Afg‘oniston bilan umumiy chegarasi bo‘lmasada, Markaziy Osiyo hududida harbiy mojaro sodir bo‘lgan taqdirda - chetda turmaydi. Avvalroq Afg‘onistondagi jangovar harakatlar va teraktlar davom etayotgan vaziyat munosabati bilan, Qozog‘iston parlamenti Qirg‘iziston va Tojikistonga beg‘araz harbiy-texnik yordam ko‘rsatish choralarini ma’qullagan edi. Bundan tashqari, Qozog‘iston va Rossiya mudofaa vazirlari 9-noyabr kuni ikki davlat o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan 2022–2024 yillarga mo‘ljallangan yangi strategik sheriklik dasturini tasdiqlagan edi.

Xavfsizlik tizimi

AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilganidan so‘ng, Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Sentabr oyidan beri qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar deyarli uzluksiz o‘tkazib kelinmoqda. Shunday qilib, 18-23 oktabr kunlari Tojikistondagi Harb-Maydon va Momirak poligonlarida bo‘lib o‘tgan KXShTning “O‘zaro hamkorlik”, "Qidiruv" va "Eshelon" o‘quv mashg‘ulotlarida olti davlat - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistondan 2700 nafar harbiy xizmatchi va 500 ta texnika ishtirok etdi.
Noyabr oyi boshida KXShTga a’zo davlatlar qo‘shinlari Tataristonda “Buzilmas birodarlik-2021” manyovrlari formatida “Afg‘onni nazarda tutuvchi” tinchlikparvar amaliyotini bajarishgan edi. Tojikiston va bloklarga qo‘shilmagan O‘zbekiston hududida o‘tkazilayotgan "Kobalt-2021" va "Hamkorlik-2021" yangi o‘quv mashg‘ulotlari esa mintaqa davlatlari qurolli kuchlarining jangovar moslashuvchanligining o‘sib borayotganidan, umumiy kuchlar yanada mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Rossiya hukumati 15-noyabr kuni Rossiya va Tojikiston o‘rtasida havo hududidagi davlat chegaralarini mustahkamlovchi qo‘shma havo hujumidan mudofaa tizimini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi. Bu 26-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa tizimiga qo‘shimcha kuch bo‘ladi. Rossiya va Tojikiston umumiy davlat chegaralariga ega bo‘lmagani sababli Tojikiston hududida maxsus kollektiv xavfsizlik hududi tashkil etilgan. Havo mudofaasi kuchlarining birgalikdagi harakatlari Rossiya Aerokosmik kuchlari bosh qo‘mondoni tomonidan boshqariladi.
Rossiya Federatsiyasining Tojikistondagi 201-harbiy bazasining motor-o‘qchi va tank bo‘linmalari 2021-yilda 250 dan ortiq jangovar o‘t ochish mashqlarini bajarishdi. Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlariga tutash joylashtgan harbiy bazasi artilleriyachilari yil davomida jangovar tayyorgarlikni 20 % oshirdilar, poligonlarda 10 mingdan ortiq o‘q-dorilarni sarfladi.
Rossiya 2021-yilda Qozog‘iston va O‘zbekistonga Su-30SM qiruvchi samolyotlari, Mi-35M vertolotlari, Buk-M2E zenit-raketa komplekslari, BTR-82A zirhli transportorlari, Orlan-10E ko‘p funksiyali uchuvchisiz tizimlar, "Tayfun-K" yengil zirhli mashinalari va kichik avtomobillarni yetkazib berdi. Bu Moskvaning Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik tizimiga qo‘shgan muhim hissasidir.

Afg‘on yilnomasi

AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan qochib ketganidan keyin ham mamlakatda terrorchilik tahdidlari darajasi kamaygani yo‘q. Hokimiyatni qo‘lga olgan Tolibon*ning o‘zi raqib guruhlar nishoniga aylangan. "Jihod"ning qo‘shni davlatlarga o‘tish ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda.
Kobulda, Kote-Sangi hududida 15-noyabr kuni portlash sodir bo‘ldi. Bu ikki kun ichida ikkinchi terakt bo‘ldi. Unda bir necha kishi halok bo‘ldi va yaralandi. Hujum uchun javobgarlikni Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan “Islom davlati” terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi. Avvalroq jihodchilar sharqiy Nangarhor viloyatidagi masjidlarda portlashlar uyushtirgan edi. Tolibon* hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, Afg‘onistonda 150 dan ortiq ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Shu sabablia barcha teraktlar jamoatchilikka ma’lum emas.
Tolibonning Panjshirdagi Milliy qarshilik fronti jangchilari bilan to‘qnashuvlari davom etmoqda - kichik Ahmad Masud Panjshir darasining 60 foizini o‘z nazorati ostiga olgan va shimolida o‘z ta’sirini kengaytirib bormoqda. U hatto Vashingtonda ofis ochdi.
Turli muzokaralar platformalarida Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokiston Tolibonni barcha xalqaro terrorchi guruhlar bilan qo‘shilishini to‘xtatishga chaqirmoqda. Bu yerda hamma narsa juda murakkab, Afg‘onistonda ularning yigirmaga yaqini bor. Yaqinda Tolibon tomonidan tashkil etilgan harbiy tribunal respublika mudofaa, razvedka va ichki ishlar vazirliklarining sobiq xodimlarini jazolashni maqsad qilgan. Kobulda inklyuziv hukumat tashkil qilish va afg‘on ayollarigauchun teng huquqlar berish - deyarli erishib bo‘lmaydigan g‘oyalardek ko‘rinadi.
Ustiga ustak Tolibon* orasida ham ichki kurash va raqobat sezilmoqda. Yangi hukumatning bosh vazir o‘rinbosari Mulla Baradar va mudofaa vaziri mulla Yoqub va "radikallar" yetakchisi, ichki ishlar vaziri Sirojuddin Haqqoniy o‘rtasida jiddiy qarama-qarshilik kuzatilmoqda. Buning oqibatlarini oldindan aytish qiyin, ammo tarixda harbiy inqiloblar yetakchilar orasidagi kurash bilan tugagan misollar juda ko‘p. Kobul Tolibon* tomonidan bosib olinganining birinchi haftalardadok Barodar va Haqqoniy tarafdorlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan edi. Bunday vaziyatda tinch Afg‘onistondan umid qilayotgan qo‘shni davlatlarning iqtisodiy loyihalari va insonparvarlik yordami ham hech narsani hal qila olmaydi.
*terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Tolibon a’zolari
Yangiliklar lentasi
0