Putin: Rossiya - O‘zbekiston uchun asosiy xorijiy investorlardan biridir
17:50 17.11.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023)
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPramaya liniya s prezidentom RF Vladimirom Putinim
© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
/ Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-O‘zbekiston hududlararo hamkorlikning ikkinchi forumida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Vladimir Putin Rossiya va O‘zbekiston hududlararo hamkorlikning ikkinchi forumida nutq so‘zladi.
Asosiysi:
Rossiya - hatto pandemiya sharoitida ham O‘zbekistonning yetakchi savdo sheriklaridan biri. 2020-yilda savdo aylanmasi 16 %ga, joriy yil boshidan buyon 6 %ga o‘sdi.
Tovar ayirboshlash hajmining oshishida mintaqalararo hamkorlik katta hissa qo‘shmoqda. O‘zbekiston Moskva, Sankt-Peterburg va Tatariston bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Rossiya - O‘zbekiston uchun asosiy xorijiy investorlardan biridir. Respublikada 150 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda, ularning umumiy qiymati 14 milliard dollarni tashkil etadi.
O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 2 mingdan oshadi.
So‘nggi ikki oyning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyalari Rossiyaning 20 ta viloyatida bo‘ldi.