Putin 2024-yil saylovida g‘olib chiqadi - Amerikada
© JIM URQUHARTStoronniki prezidenta SShA Donalda Trampa na aksii protesta Stop the Steal v Fenikse, SShA
© JIM URQUHART
Obuna bo‘lish
2024 yilgi prezidentlik saylovlarida yana Vladimir Putin g‘olib chiqadi. Rossiyada emas - AQShda. Buning uchun Amerika qonunlarini o‘zgartirish ham shart emas – Donald Trampni prezident bo‘lsa yetarli.
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Bu shunchaki hazil emas, balki prognoz. AQShda navbatdagi prezident saylovlari yaqinlashib kelgan sari ana shunga o‘xshash ichki tashviqot tobora kuchayib boradi. Ammo saylovgacha hali ancha vaqt borku?
Bu qanday qarashga bog‘liq - rosa besh yil oldin Donald Tramp prezident etib saylangan edi, endi esa biz uning Jo Baydendan mag‘lubiyatining bir yilligini nishonlayapmiz. Lekin Trampning lavozimdan ketishi uchun deyarli barcha AQSh OAVlari Trampga qarshi to‘rt yil ishlagan bo‘lsa, Bayden o‘z obro‘yini o‘zi qulatdi. Hozirda unining reytingi 38 foizga tushgan - bu Tramp g‘alabasidan bir yil o‘tganidan ikki foizga ko‘p.
Ammo Trampni butun dunyo yomonga aylantirgan edi. Unga mumkin bo‘lgan yorliqlarning barchasi yopishtirildi – xotinini yomon ko‘rishdan tortib “Putinning pudeli”gacha. Aynan ushbular hozir bor kuchi bilan Baydenni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishmoqda, lekin qo‘llaridan hech narsa kelmayapti.
Uning vitse-prezidenti Kamala Xarrisning reytingi esa - yanada yomonroq. Axir aynan Xarris keyingi saylovlarda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lishi kerak edi. Yaqinda Virjiniya shtatida bo‘lib o‘tgan gubernatorlik saylovlarida demokratlarning mag‘lubiyati ularning eng yomon bashoratlarini tasdiqlaydi: bir yildan so‘ng ular Kongress nazoratini yo‘qotadi, 2024-yilda esa Tramp Oq uyni qaytadan qo‘lga kiritadi.
Xo‘sh, nima qilsa bo‘ladi? Yana Putinni ishga solin kerak. Trampni ruslarning agenti deb jar solish kerak.
Ammo lekin bu kulgili-ku. Ustiga ustak so‘nggi kunlarda demokratlar Trampning Rossiya bilan aloqalari haqidagi "dalillarni" soxtalashtirganiga oid ko‘proq dalillar paydo bo‘lmoqda. Yaqinda AQShda Britaniya razvedkasi Kristofer Stil tomonidan tayyorlangan “Tramp dosesi” hammualliflaridan biri Igor Danchenkoning hibsga olinishi “Vashington botqog‘i” tubidan topilishi mumkin bo‘lgan “yolg‘on”larning birinchi belgisidir.
Hozir buni hamma tushungan: Klinton shtab-kvartirasi Trampga qarshi "dalil"larni ataylab soxtalashtirgan, keyin esa maxsus xizmatlar milliarder va uning shtab-kvartirasini kuzatish bilan bog‘langan. Ya’ni, Trampga qarshi haqiqiy fitna bo‘lgan - va agar uning manbaalari bo‘yicha tergov yakunlansa, Demokratik partiyaning butun yetakchilari va Obama-Bayden ma’muriyati hujumga uchraydi. Agar Tramp 2024-yilgi saylovda g‘alaba qozonsa, u fitna mavjudligini isbotlash uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi.
Demak, demokratlarning (aniqrog‘i, “ichki davlat” va “Vashington botqog‘i”) ushbu vaziyatdan shunchaki chiqish yo‘li yo‘q. Shu sababli ular Trampning qayta prezident bo‘lmasligining oldini olishlari kerak. Garchi ular Trampni "Rossiya bilan aloqalarda" ayblashda davom etayotgan bo‘lsa-da, bu nafaqat kulgili, balki zararli ham. Chunki Tramp bunga javoban bularni demokratlarning o‘zlari o‘ylab topgani esga oladi va ular bir kuni buning uchun javob berishi bilan po‘pisa qiladi. Xullas demokratlar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Ular o‘zlarida Trampdek ommani qo‘zg‘atuvchi, kuchli siyosatchi nomzod yo‘q va paydo bo‘lmaydi ham. Shu sababli, 2024-yilgi kampaniyani 2020-yil saylovlariga moslashtirish kerak bo‘ladi - Trampni shayton qilish va u bilan saylovchilarni qo‘rqitish. Bu yerda esa ruscha mavzuni chetlab o‘tib bo‘lmaydi – ammo, bu safar demokratlar asosiy e’tiborni Trampning Rossiya bilan aloqalariga emas, balki uning Rossiya uchun foydali ekanligiga, uning g‘alabasi aslida Putinning g‘alabasi ekanligiga qaratadi. Ya’ni uning "Putin bilan bir xil" ekanligiga.
Ushbu saylov kampaniyasining konturlari allaqachon paydo bo‘la boshlagan. So‘nggi kunlarda Trampning sobiq maslahatchisi Fiona Xill bilan bir nechta intervyu bo‘lib o‘tdi - u hozirgina "Bu yerda sen qiladigan ish yo‘q" kitobini nashr etdi. Rossiya bo‘yicha yetakchi amerikalik ekspertlardan biriga aylangan ingliz ayol nafaqat Oq uydagi faoliyati haqida gapiradi (2017 yildan 2019-yilgacha u Milliy xavfsizlik kengashida Rossiya va Yevropa masalalari bo‘yicha direktor bo‘lgan), balki kelajak haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, demokratlarning Virjiniyadagi mag‘lubiyati Qo‘shma Shtatlar “Donald Trampni yana qabul qilishga tayyorligidan dalolat beradi, bu esa, o‘z navbatida, Amerika demokratiyasining “o‘limiga” olib kelishi mumkin”.
Tramp g‘alabasi oqibatida demokratiyaning o‘limi? Biz buni 2016-yilda ham eshitgan edik, xo‘sh yana o‘sha kuy chalinayaptimi? Ha, faqat bu safar ushbu “haqiqatni” Trampning atrofidagilar tasdiqlayndi. Axir Xill hamma narsani tekshirib, tahlil qildi, Tramp Putin bilan bir xil ekanini ko‘rdi. Bu uning demokratiya uchun xavfli ekanligini anglatadi:
"U haqiqatan ham Putindan hayratga tushdi. Men buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Putin Tramp uning orzusidagi lider timsolidir, lekin bular Trampning Rossiyaga munosabatini o‘zgartirmaydi. U Putinni juda kuchli hukmron deb hisobla ydi - Tramp Putinga nisbatan aynan ana shunday so‘zlarni ko‘p ishlatadi. Putinning hukumati faqat ziddiyatlarni ushlab turish va nazorat muvozanati bilan cheklanmaydi, balkim Tramp uning timsolida mamlakatni o‘z biznesi kabi boshqaradigan juda boy va mashhur odamni ko‘rdi.”
Xill avval ham shunga o‘xshash narsalarni aytgan edi - uning xulosalarini sobiq prezident atrofidagi boshqa odamlar ham qayd etishgan. Masalan, Oq uyning sobiq matbuot kotibi Stefani Grisham 2019-yil yozida Tramp va Putinning Osakadagi so‘nggi uchrashuvidagi epizodni shunday esga olgan edi:
"Uchrashuv boshlanganidan keyin Trampning maslahatchisi Fiona Xill mendan Putinning tarjimoniga e’tibor qaratgan-qaratmaganimni so‘radi. U uzun sochli, chiroyli yuzli va ajoyib qomatli jozibali qorasoch qiz edi. Putin AQSh prezidentni chalg‘itish uchun qasddan shunday tarjimonni tanlagan bo‘lishi mumkinligini aytdi."
To yest ot zorkogo vzglyada docheri shaxtera, bivshego sotrudnika Natsionalnogo soveta po razvedke, avtora biografii "Mister Putin: spetsagent v Kremle" nichego ne uskolznet. Ved kak tonko ona podmechayet sxodstvo dvux prezidentov:
... Ya’ni, shaxtor qizi va Milliy razvedka xizmatining sobiq xodimining o‘tkir nazaridan hech narsa chetda qolmaydi. U ikki prezident o‘rtasidagi o‘xshashlikni ham qanchalik nozik sezadi:
"Putin shoumen, artist... Tramp ham shunday qiladi: u doim sahnada, o‘z tarafdorlari bo‘lgan olomonini xushnud etadi. U siyosatni siyosiy tomoshaga aylantiradi... Tramp nostalgiya kayfiyatlarida o‘ynaydi. Amerikani qaytadan buyuk qilishni va’da beradi. Putin ham huddi shunday deydi, lekin u qo‘shimcha ravishda hududlarni ham anneksiya qilmoqda. Xullas Tramp qilayotgan ishlarining aksariyati Putin qilayotgan ishlarga o‘xshaydi".
Ha, ha, ha, albatta - Putin shoumen, buni barcha amerikaliklar bilishadi, u doimo Rossiya bo‘ylab doimo yarim yalang‘och tanasi bilan sayohat qiladi axir.. Tramp unga taqlid qilib, o‘z mamlakatiga buyuklikni qaytarishni xohlaydi. Xo‘sh buning nimasi yomon, deb so‘rashi mumkin amerikalik saylovchi?
Va Xill hammasini tushuntirib beradi:
"Ularning farqi shundaki, Tramp o‘z davlati bilan urushmoqda. Putin unday qilayotgani yo‘q. Shu bilan birga, ularning ikkalasi ham xalq demokratiyasiga o‘xshash tizim qurmoqda... Tramp Putindan shu bilan farq qiladiki, u davlat mexanizmlari orqali hukmronlik qilishni istamaydi. U ularni buzib tashlamoqchi”.
Demak,Tramp davlat mexanizmlarini buzib tashlashni xoxlaydigan, yomon, xavfli odam. Ammo muammo shundaki, Amerikada ko‘pchilik Fiona Xill “davlat” deb atayotgan narsadan norozi - va bu norozilik har doim bo‘lgan va so‘nggi yillarda faqat kuchayib bormoqda.
Amerikaliklarning aksariyati har doim federal hokimiyat va Vashingtonni parazit, shtatlar ustidagi ortiqcha tuzilma deb bilishgan. Va so‘nggi 10-yillikda bunday norozilik faqat ortdi va "Vashington botqog‘i", "ichki davlat" kabi tushunchalar paydo bo‘ldi va ular hattoki saylangan federal hukumat - Kongress va prezidentni o‘z bosimi ostiga olishdi.
Amerikani hech kim tanlanmagan va hech qanday mas’uliyatga ega bo‘lmagan “ichki davlat” boshqarmoqda. Tramp prezidentligi davrida ular o‘z kuchini yaqqol ko‘rsatishdi. To‘rt yil davomida Vashingtondagi “yashirin davlat” istalmagan prezidentning faoliyatini muvaffaqiyatli to‘sib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishdi. Trampning “Vashington botqog‘ini" quritish haqidagi va’dalarini hisobga olsak, buning hayron bo‘ladigan joyi yo‘q.
Demak, Xill haq: Tramp undan nafratlanayotgan parallel davlatni yo‘q qilmoqchi edi. Putin bilan haqiqatan ham o‘xshashlik bor – u 2000-yillarda “offshor aristokratiya” oligarxlari, korrupsioner amaldorlar va g‘arbparast “intellektual elita”ning alyansi tomonidan boshqariladigan Rossiya hokimiyati tepasiga kelganida ham xuddiy shunday ishlarni qilgan edi. O‘shanda Putin bu parazitni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Rossiya "yashirin hokimiyati” hali yosh va chuqur ildiz otishga ulgurmagan edi.
Tramp qarshisida esa nafaqat o‘ta qari, balki qudratli organizm ham bor edi. Shuning uchun ham kutilmaganda prezident ajdarhoni mag‘lub eta olmagani ajablanarli emas. Lekin u harakat qildi urinib ko‘rdi va 2024-yilda yana bir marta urinib ko‘radi.
Tramp Putinni davlatni muvaffaqiyatli boshqaruv modeli sifatida tanlashi mumkinmi? Ha, va 2024-yilga kelib, bu aksariyat amerikaliklar Trampga ovoz berishi uchun salbiy emas aksincha ijobiy faktorga aylanishi mumkin. Chunki Qo‘shma Shtatlar aholisi ularni vayron qilayotgan "ichki davlat"dan xalos bo‘lish umidida.