O‘zgidromet qor ko‘chish xavfi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoLavina
Lavina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi qor ko‘chish xavfi haqida e’lon berdi
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
"Bugun, 17-noyabr soat 8-00 dan 18-noyabr soat 8-00 gacha "Chimon" tog‘ zonasining dengiz sathidan 2000 m balandlikda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi", - deyilgan xabarda.
Boeing 767- 3 CBER - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Toshkentda kuchli qor: bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozi kechiktirildi
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Rossiya hududidan nam va sovuq havo masslari kirib keldi. Respublika bo‘yicha qor yog‘moqda.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo’llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Havo harorati 0 daraja atrofida, shimolda 3 daraja sovuqgacha bo‘ladi.
Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlardaqor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushadi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 2-7daraja sovuqgacha pasayadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda qor uymlari, yaxmalak yuzaga keladi.
Yangiliklar lentasi
0