https://oz.sputniknews.uz/20211117/ozbek-xalqi---respublikadagi-barcha-millatlardir-bagrikenglik-haftaligi-boshlandi---video-21388139.html
O‘zbek xalqi - respublikadagi barcha millatlardir: bag‘rikenglik haftaligi boshlandi - video
O‘zbek xalqi - respublikadagi barcha millatlardir: bag‘rikenglik haftaligi boshlandi - video
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bag‘rikenglik haftaligi boshlandi. Kecha Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” maydonidagi Shomahmudovlar oilasi haykaliga gul qo‘yish marosimi bo‘lib... 17.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-17T11:53+0500
2021-11-17T11:53+0500
2021-11-17T11:53+0500
video
do‘stlik monumenti
"xalqlar do‘stligi" monumenti
bag‘rikenglik kuni
shoaxmad shomaxmudov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/10/21382261_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_f866b136e44fc3f433e963b3b631f50e.jpg
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Toshkent shahridagi "Xalqlar Do‘stligi" maydonida 16-noyabr kuni "Umumjahon bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan Shomahmudovlar oilasi haykaliga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.Marosimda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat vakillari ishtirok etishdi. Ular o‘zlarining yorqin va rang-barang milliy liboslarida bayramga alohida o‘ziga xos muhit yaratishdi. "Bugun biz bag‘rikenglik haftaligida ishtirok etmoqdamiz va bu yerga turkman xalqining milliy liboslarida keldik. Xalqlar do‘stligi uchun o‘z kuchimiz bilan hamma narsani qilamiz", deb tan oladi Turkman madaniyat boshqarmasi raisi o‘rinbosari Mamet-Nazar Nazarov. Tadbirda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi, Turizm va sport vazirligi vakillari, faollar va boshqalar ishtirok etdi. "Do‘stlik insonlarni bir-biriga bog‘laydigan buyuk fazilatdir. Er va xotin (Shomaxmudovlar) millati va e’tiqodi turlicha bo‘lishiga qaramay, barchaga bolalarga bir xil saxiylik bilan qarashganki, ularni o‘z mehr-muhabbatlari bilan chulg‘ab olishgan. Aslida millatlar va odamlar o‘rtasida chegara yo‘q", - dedi mitropolit Vikentiy. Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi matbuot kotibi G‘ayratullo Shukurov Shoahmet Shomaxmudov siymosining ahamiyati mavzusini davom ettirar ekan, afsonaviy temirchi nafaqat xalqlar do‘stligi timsoli, balkim o‘zbek xalqi xarakterini ham aks ettirishini ta’kidladi. "Xalqlar do‘stligi" haykali poyiga gul qo‘yish marosimini Sputnik videolavhasida tomosha qiling.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/10/21382261_480:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_648ab1900be7995de9deb9d380b2f70f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, do‘stlik monumenti, video, "xalqlar do‘stligi" monumenti, bag‘rikenglik kuni, shoaxmad shomaxmudov
video, do‘stlik monumenti, video, "xalqlar do‘stligi" monumenti, bag‘rikenglik kuni, shoaxmad shomaxmudov
O‘zbek xalqi - respublikadagi barcha millatlardir: bag‘rikenglik haftaligi boshlandi - video
O‘zbekistonda bag‘rikenglik haftaligi boshlandi. Kecha Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” maydonidagi Shomahmudovlar oilasi haykaliga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Toshkent shahridagi "Xalqlar Do‘stligi" maydonida 16-noyabr kuni "Umumjahon bag‘rikenglik kuni" munosabati bilan Shomahmudovlar oilasi haykaliga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat vakillari ishtirok etishdi. Ular o‘zlarining yorqin va rang-barang milliy liboslarida bayramga alohida o‘ziga xos muhit yaratishdi.
"Bugun biz bag‘rikenglik haftaligida ishtirok etmoqdamiz va bu yerga turkman xalqining milliy liboslarida keldik. Xalqlar do‘stligi uchun o‘z kuchimiz bilan hamma narsani qilamiz", deb tan oladi Turkman madaniyat boshqarmasi raisi o‘rinbosari Mamet-Nazar Nazarov.
Tadbirda, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi, Turizm va sport vazirligi vakillari, faollar va boshqalar ishtirok etdi.
"Do‘stlik insonlarni bir-biriga bog‘laydigan buyuk fazilatdir. Er va xotin (Shomaxmudovlar) millati va e’tiqodi turlicha bo‘lishiga qaramay, barchaga bolalarga bir xil saxiylik bilan qarashganki, ularni o‘z mehr-muhabbatlari bilan chulg‘ab olishgan. Aslida millatlar va odamlar o‘rtasida chegara yo‘q", - dedi mitropolit Vikentiy.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi matbuot kotibi G‘ayratullo Shukurov Shoahmet Shomaxmudov siymosining ahamiyati mavzusini davom ettirar ekan, afsonaviy temirchi nafaqat xalqlar do‘stligi timsoli, balkim o‘zbek xalqi xarakterini ham aks ettirishini ta’kidladi.
"Butun o‘zbek xalqi, “o‘zbek xalqi” deganda, bu yerda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarni nazarda tutapman, – dedi Shukurov faxr bilan. 16-21 noyabr kunlari butun mamlakat bo‘ylab bag‘rikenglik haftaligi bo‘lib o‘tadi. U “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” shiori bo‘lgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlardan iborat bo‘ladi.
"Xalqlar do‘stligi" haykali poyiga gul qo‘yish marosimini Sputnik videolavhasida tomosha qiling.