Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2021
Obuna bo‘lish
Yil oxirigacha O‘zbekiston prezidenti Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Joriy yil oxirigacha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda ikki mamlakat rahbarining telefon orqali muloqotida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev va Qasim Jomart-Toqayev O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sherilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishgan.
Suhbatda amaliy hamkorlikni ilgari surish, eng avvalo, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda uzoq muddatli kooperatsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Oqo‘rda xabariga ko‘ra, Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlariga amaliy turtki berish maqsadida suhbatdoshlar joriy yil oxirigacha O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishishgan.
Kazaxstan i Uzbekistan obsudili vzaimodeystvie v jeleznodorojnoy sfere - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2021
O‘zbekiston va Qozog‘iston orasida savdo aylanmasi deyarli 50%ga oshdi
Shu munosabat bilan ikki davlat hukumatlariga bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarni sifatli mazmun bilan o‘tkazishni ta’minlash topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yil martida rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lgan edi. Qasim-Jomart Toqayev 2019-yil aprelida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi.
Yangiliklar lentasi
0