O‘zgidromet Qamchiq dovonidagi haydovchilarni ogohlantirdi

Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq davoni hududida kuchli qor yog‘adi.
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zgidromet Qamchiq dovoni yo‘lida yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi sababli ogohlantirish bilan chiqdi.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, 17-noyabr kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor yog‘adi.
Yog‘ingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchadi. Tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 metr/sekunddan 25-27 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Yo‘llarda yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Avvalroq bu hafta O‘zbekiston havo keskin sovib ketishi va chang bo‘roni bo‘lishi kutilayotgani xabar qilingan edi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) haydovchilardan yo‘llarda ehtiyot bo‘lishni so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0