https://oz.sputniknews.uz/20211116/immunitetni-kotaradigan-va-yotaldan-xalos-qiladigan-mahsulotlar-21361518.html
Immunitetni ko‘taradigan va yo‘taldan xalos qiladigan mahsulotlar
Immunitetni ko‘taradigan va yo‘taldan xalos qiladigan mahsulotlar
Sputnik O‘zbekiston
Organizmning viruslarga qarshi chidamliligini oshirishga, yo‘talda yordam beradigan ayrim xalq tabobati retseptlari.
2021-11-16T06:08+0500
2021-11-16T06:08+0500
2021-11-16T06:08+0500
jamiyat
salomatlik
immunitet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21353930_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_183c05aa567557806c4599ca7589c7e2.jpg
Kuz kelishi bilan shamollash kasalliklari avj oladi va organizmni viruslardan himoya qilish zaruriyati tug‘iladi. Hozir kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi hisobga olgan holda immunitetni mustahkamlash o‘ta muhim.Shu bois organizmni yangi viruslarga qarshi toblash maqsadga muvofiq. Quyida organizmning viruslarga qarshi chidamliligini oshirishga, basharti kasallanib qolgan bo‘lsangiz, yo‘talda yordam beradigan ayrim Armaniston xalq tabobati retseptlarini keltiramiz.BehiBehi o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan foydali meva. U qon aylanishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va shamollashga qarshi xususiyatga ega. Behidan turli shirinliklar tayyorlash mumkin. Qolaversa, undan sharbat ham tayyorlash mumkin.Aytgancha, aynan behi sharbatidan yo‘talni davolash uchun foydalanish mumkin.Shifobaxsh ichimlikni tayyorlash uchun bir kilocha behi mevasi ikki litr suv bilan to‘ldiriladi va tayyor bo‘lganiga qadar qaynatiladi. Ta’bga qarab shakar qo‘shiladi, ammo yaxshi samara berishi va foydasi ziyod bo‘lishi uchun shakar o‘rniga asaldan foydalanish mumkin. Agar yo‘taldan xalos bo‘lishni istasangiz, tayyor bo‘lgan ichimlikni choy singari issiqligida ichish tavsiya etiladi. Immunitet uchun ichimlikdan kokteyl sifatida lazzatlanish mumkin. Buning uchun uni sovuq holicha ichish mumkin. Stakanni limon bo‘lagi bilan bezab, biroz laym suvi qo‘shilsa, ayni muddao.Bundan tashqari, immunitet uchun behini pishirilgan ko‘rinishdan iste’mol qilish koni foydi. Uni tayyorlash uchun birinchi navbatda meva donaklaridan tozalaniladi. Keyin ichi biroz asal va olxo‘ri qoqi va yong‘oq bilan to‘diriladi. Pechkada 20 daqiqa pishiriladi. Ustiga dolchin va qand talqoni sepib, dasturxonga tortish mumkin.Yong‘iq daraxti gullariYong‘iq daraxti gullaridan tayyorlangan ichimlik bilan ham yo‘talni davolash mumkin. Yaproqlar turli vitaminlarga bor, nafaqat immuniteni mustahkamlaydi, balki angina va yuqori va pastki nafas olish yo‘llarining shamollash jarayonlariga qarshi kurashishda ham yordam beradi. Yong‘oq gullari odatda erta bahorda yig‘ib olinadi. Qishloqlarda uni keyin quritishadi. Yashil gul qora tusga kirsa, demak u tayyorlash uchun hozir. Odatda gullar qish uchun asrab qo‘yiladi, zarur bo‘lgan vaqtda ulardan davolash uchun foydalanishadi.Gullardan choy yoki damlama tayyorlash juda oson. Bir litr qaynayotgan suvga bir hovuch yong‘oq gullarni tashlanadi va besh daqiqacha qaynatiladi. Keyin olovdan olib, ustiga yopiladi va yarim soatcha tindirib qo‘yiladi. Iliq holicha shakarsiz ichgan yaxshiroq. Buning iloji bo‘lmasa, bir choy qoshiq tabiiy asal qo‘shib, ta’mini shirinroq qilish mumkin.Immunitetni mustahkamlash uchun yong‘oqni muntazam asal bilan yeyish foydadan xoli emas.Qora turpAna bir yo‘talga qarshi samarali vosita bu qora turp sanaladi. Aynan qora turpni olish kerak, zero bu nav o‘zida davolash uchun kerak bo‘lgan narsalarga ega.Armanistonlik tabiblar turpni po‘sti bilan qirg‘ichdan o‘tkazishni tavsiya qilishadi. Keyin qorishmadan suvini siqib chiqarib, unga asal qo‘shish lozim. Kun davomida 3-4 marta bir qoshiqdan iste’mol qilish kerak. Turp sharbati yo‘talning turli yoqimsiz xurujidan xalos qiladi.SutYo‘talga qarshi eng mashhur vosita biz sevgan sut bo‘lib qolmoqda. Hatto o‘ta ishonchsizlik bilan qaraydiganlarning bu mahsulot darhaqiqat samarali ekanini tan olishiga to‘g‘ri keladi. Sut umuman olganda immun tizimini mustahkamlash uchun foydalidir. Yo‘talning dastlabki davrida u balg‘amni suyultirishga yordam beradi, yo‘talib tupurib tashlashga ko‘maklashdi va yengillashtiruvchi xususiyatga ega.Sut sarog‘, asal yoki ma’danli suv bilan ichiladi. Anjir bilan sut qaynatmasi suyuq yo‘tal dorisi sanaladi. O‘RVIning oldini olish uchun sutni sarimsoq bilan ichish mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21353930_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_eff7e9a9a3b11c6ce83a9974c5f05cb3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
immuniteni mustahkamlash yo‘taldan xalos bo‘lish xalq tabobati yo‘talda yordam beradigan mahsulot
immuniteni mustahkamlash yo‘taldan xalos bo‘lish xalq tabobati yo‘talda yordam beradigan mahsulot
Immunitetni ko‘taradigan va yo‘taldan xalos qiladigan mahsulotlar
Biz jamlagan retseptlar boshlang‘ich davrda kasallikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Agar kasallik zo‘raygan bo‘lsa, o‘zini o‘zi davolash yaramaydi. Zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Kuz kelishi bilan shamollash kasalliklari avj oladi va organizmni viruslardan himoya qilish zaruriyati tug‘iladi. Hozir kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi hisobga olgan holda immunitetni mustahkamlash o‘ta muhim.
Shu bois organizmni yangi viruslarga qarshi toblash maqsadga muvofiq. Quyida organizmning viruslarga qarshi chidamliligini oshirishga, basharti kasallanib qolgan bo‘lsangiz, yo‘talda yordam beradigan ayrim Armaniston xalq tabobati retseptlarini
keltiramiz.Behi o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan foydali meva. U qon aylanishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va shamollashga qarshi xususiyatga ega. Behidan turli shirinliklar tayyorlash mumkin. Qolaversa, undan sharbat ham tayyorlash mumkin.
Aytgancha, aynan behi sharbatidan yo‘talni davolash uchun foydalanish mumkin.
Shifobaxsh ichimlikni tayyorlash uchun bir kilocha behi mevasi ikki litr suv bilan to‘ldiriladi va tayyor bo‘lganiga qadar qaynatiladi. Ta’bga qarab shakar qo‘shiladi, ammo yaxshi samara berishi va foydasi ziyod bo‘lishi uchun shakar o‘rniga asaldan foydalanish mumkin. Agar yo‘taldan xalos bo‘lishni istasangiz, tayyor bo‘lgan ichimlikni choy singari issiqligida ichish tavsiya etiladi. Immunitet uchun ichimlikdan kokteyl sifatida lazzatlanish mumkin. Buning uchun uni sovuq holicha ichish mumkin. Stakanni limon bo‘lagi bilan bezab, biroz laym suvi qo‘shilsa, ayni muddao.
Bundan tashqari, immunitet uchun behini pishirilgan ko‘rinishdan iste’mol qilish koni foydi. Uni tayyorlash uchun birinchi navbatda meva donaklaridan tozalaniladi. Keyin ichi biroz asal va olxo‘ri qoqi va yong‘oq bilan to‘diriladi. Pechkada 20 daqiqa pishiriladi. Ustiga dolchin va qand talqoni sepib, dasturxonga tortish mumkin.
Yong‘iq daraxti gullaridan tayyorlangan ichimlik bilan ham yo‘talni davolash mumkin. Yaproqlar turli vitaminlarga bor, nafaqat immuniteni mustahkamlaydi, balki angina va yuqori va pastki nafas olish yo‘llarining shamollash jarayonlariga qarshi kurashishda ham yordam beradi. Yong‘oq gullari odatda erta bahorda yig‘ib olinadi. Qishloqlarda uni keyin quritishadi. Yashil gul qora tusga kirsa, demak u tayyorlash uchun hozir. Odatda gullar qish uchun asrab qo‘yiladi, zarur bo‘lgan vaqtda ulardan davolash uchun foydalanishadi.
Gullardan choy yoki damlama tayyorlash juda oson. Bir litr qaynayotgan suvga bir hovuch yong‘oq gullarni tashlanadi va besh daqiqacha qaynatiladi. Keyin olovdan olib, ustiga yopiladi va yarim soatcha tindirib qo‘yiladi. Iliq holicha shakarsiz ichgan yaxshiroq. Buning iloji bo‘lmasa, bir choy qoshiq tabiiy asal qo‘shib, ta’mini shirinroq qilish mumkin.
Immunitetni mustahkamlash uchun yong‘oqni muntazam asal bilan yeyish foydadan xoli emas.
Yana bir yo‘talga qarshi samarali vosita bu qora turp sanaladi. Aynan qora turpni olish kerak, zero bu nav o‘zida davolash uchun kerak bo‘lgan narsalarga ega.
Armanistonlik tabiblar turpni po‘sti bilan qirg‘ichdan o‘tkazishni tavsiya qilishadi. Keyin qorishmadan suvini siqib chiqarib, unga asal qo‘shish lozim. Kun davomida 3-4 marta bir qoshiqdan iste’mol qilish kerak. Turp sharbati yo‘talning turli yoqimsiz xurujidan xalos qiladi.
Yo‘talga qarshi eng mashhur vosita biz sevgan sut bo‘lib qolmoqda. Hatto o‘ta ishonchsizlik bilan qaraydiganlarning bu mahsulot darhaqiqat samarali ekanini tan olishiga to‘g‘ri keladi. Sut umuman olganda immun tizimini mustahkamlash uchun foydalidir. Yo‘talning dastlabki davrida u balg‘amni suyultirishga yordam beradi, yo‘talib tupurib tashlashga ko‘maklashdi va yengillashtiruvchi xususiyatga ega.
Sut sarog‘, asal yoki ma’danli suv bilan ichiladi. Anjir bilan sut qaynatmasi suyuq yo‘tal dorisi sanaladi. O‘RVIning oldini olish uchun sutni sarimsoq bilan ichish mumkin.