Ginsburg koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksina xavfsizligiga baho berdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishDirektor FGBU "Natsionalniy issledovatelskiy sentr epidemiologii i mikrobiologii imeni pochetnogo akademika N.F.Gamalei" Minzdrava RF (Moskva) Aleksandr Ginsburg
Direktor FGBU Natsionalniy issledovatelskiy sentr epidemiologii i mikrobiologii imeni pochetnogo akademika N.F.Gamalei Minzdrava RF (Moskva) Aleksandr Ginsburg  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
Gamaleya markazi direktori: burunga sepiladigan vaksinaning hech qanday nojo‘ya ta’sirlarini ko‘rmadik.
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. Rossiyaning koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksinasining hech qanday nojo‘ya ta’sirlari qayd etilmadi. Bu haqda N.F.Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.
“Hozir biz burunga sepiladigan vaksinaning hech qanday nojo‘ya ta’sirlarini ko‘rmadik”, - dedi Ginsburg. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Oktabr o‘rtalarida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi burunga sepiladigan sprey ko‘rinishidagi SPRAY 08-Gam-KOVID-Vak-2021 koronavirusga qarshi vaksinasining klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsat bergan edi.
Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi burunga sepiladigan vaksinadan emlash o‘rnida foydalanish haqidagi masala klinik tadqiqotlarga qarab hal qilinadi. Hozircha aniq javob yo‘q.
Gamaleya markazi direktorining ta’kidlashicha, burunga sepiladigan vaksina bilan yarim yilda kamida bir marta emlanish kerak bo‘ladi, aniq xulosaga kelish uchun qo‘shimcha tadqiqot o‘tkazish kerak.
Migranti v punkte vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TS Sadovod v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
The Lancet “Sputnik Layt”ning yuqori samaradorligi haqida maqola chop qildi
Yangiliklar lentasi
0