Benzin narxi oshishi sabablari aniq bo‘ldi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravochnaya kolonka
Zapravochnaya kolonka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Obuna bo‘lish
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mtasi O‘zbekistonda benzin narxi oshishi sabablarini tushintirib berdi va kelgusida narxni tushirish borasida qanday choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 16 noya - Sputnik. O‘zbekistonda benzin narxi oshishi sabablari ma’lum bo‘ldi, dedi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev, matbuot anjumanida. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Ai-80 benzini narxi 2021-yil boshidan buyon 72%ga oshgan. Bunga bir qator tashqi va ichki sabablar bo‘lgan, - deydi Monopoliya qo‘mitasi vakili.
Tashqi sabablar
Yil boshidan buyon jahon bozorida “brend” rusumli neft narxi 52%ga oshdi. Bu albatta O‘zbekiston ichki bozoriga ham ta’sir qildi. Ma’lumki O‘zbekistonga Ai-92 va undan yuqori navli benzinlarni tayyor mahsulot sifatida import qilinadi.
Ushbu toifa benzin narxi yil boshidan buyon 1,5 baravar oshgani sababli, ichki bozorda unga talab kamaygan.
Iste’molchilar Ai-92 navli benzin o‘rniga, arzonroq Ai-80 navli benzinga o‘tishdi. Bu 80 navli benzinga talab oshish omillaridan biri bo‘ldi.
Ichki sabablar
Birinchidan, birjaga kunlik yetkazib berilayotgan benzin hajmi qisqarishi. Masalan oktabrda kuniga 4500 tonna benzin yetkazib berilgan bo‘lsa 12-noyabrga keli 2400 tonna yetkazib berilgan.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda benzingi bo‘lgan talabning oshishi. So‘nggi uch yilda ichiki bozorda benzinga bo‘lgan talab 1,1 mln tonnadan 1,3 mln tonnaga yetdi.
Uchinchidan, ichki bozorda Ai-80 benzini ishlab chiqaruvchilarining monopollashgani. Ushbu navli benzinning 76% Buxoro Neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqariladi, 10% - Farg‘ona Neft zavoda va qolgani mayda ishlab chiqaruvchilar tomonidan. Bunda benzinning katta partiyasi faqat bir neft bazasiga sotish holatlari ham kuzatilgan. Ayni damda ushbu holat narxlar oshishiga qanday ta’sir qilgani o‘rganilmoqda.
To‘rtinchilan, birjaga kirish to‘siqlari – shu kunga qadar birjada sotiladigan benzin faqat temiryo‘l sisternalarida o‘lchangan. Bu ayrim mayda ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z mahsulotlarini birjaga olib kirish imkonini cheklagan.
Nima qilish kerak?
Yuqorida qayd etilgan sabablarni hisobga olgan holda Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi O‘zbekistonda benzin narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qo‘yidagi choralarni ko‘rishga qaror qildi:
1.
Yetkazib berilayotgan mahsulot hajmini oshirish;
2.
Forvard shartnomalarining yetkazib berish muddatini 1oydan kam bo‘lmagan davr bilan cheklanadi;
3.
O‘rta va kichik korxonalar mahsulotlarini birjaga yetkazib berish uchun imkoniyat yaratiladi. Mahsulotni temir yo‘l sisternalarida o‘lchash cheklanadi;
Ushbu choralar natijasida O‘zbekiston ichki bozorida benzin narxi 10 kun ichida barqarorlashishi kerak, deb xulosa qilishdi Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasida.
Karabayevning so‘zlariga ko‘ra, qayerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy o‘sishga erishilgan bo‘lsa, unga ta’sir ko‘rsatib bo‘lmaydi. Lekin sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyatsiya harakatlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0