https://oz.sputniknews.uz/20211115/yaqin-qarindoshlarning-bir-davlat-korxonasida-ishlashi-qanday-javobgarlik-taklif-qilinmoqda-21358940.html
Yaqin qarindoshlarning bir davlat korxonasida ishlashi: qanday javobgarlik taklif qilinmoqda
Yaqin qarindoshlarning bir davlat korxonasida ishlashi: qanday javobgarlik taklif qilinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Davlat xizmatiga ishga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urug‘chilik (nepotizm)ning oldini olish va unga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
2021-11-15T16:13+0500
2021-11-15T16:13+0500
2021-11-15T16:13+0500
jamiyat
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/681/41/6814193_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_547bf944082317774c9e600db34d1620.jpg
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Davlat xizmatiga ishga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urug‘chilik (nepotizm)ning oldini olish va unga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qonun loyihasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.Davlat xizmatchisi o‘zaro qarindoshlik rishtalariga ega bo‘lgan shaxs bilan xizmat qilayotganligi o‘ziga ma’lum bo‘lgan vaqtdan boshlab 10 kun muddat ichida davlat tashkiloti rahbariga bu haqida xabar berishi lozim.Mazkur holatlar xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgandan so‘ng aniqlangan taqdirda, ish beruvchi ulardan birini, biri ikkinchisiga bevosita yoki uning nazorati ostida bo‘lmagan avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim)ga o‘tkazish choralarini ko‘rishi shart.Qayd etish joizki, amaldagi O‘zbekiston Mehnat kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning, basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi. Bunda ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari yaqin qarindosh hisoblanadi.Jamoatchilik muhokamasi 2021-yil 30-noyabrga qadar davom etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/681/41/6814193_154:0:1054:675_1920x0_80_0_0_fd59fca875745179ff687370092a9489.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat xizmati ishga qabul qilish qarindosh-urug‘chilik javobgarlik
davlat xizmati ishga qabul qilish qarindosh-urug‘chilik javobgarlik
Yaqin qarindoshlarning bir davlat korxonasida ishlashi: qanday javobgarlik taklif qilinmoqda
Davlat xizmatchisi o‘zaro qarindoshlik rishtalariga ega bo‘lgan shaxs bilan xizmat qilayotganligi o‘ziga ma’lum bo‘lgan vaqtdan boshlab 10 kun ichida rahbarga bu haqida xabar berishi lozim.
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Davlat xizmatiga ishga qabul qilish va unda faoliyat olib borishda qarindosh-urug‘chilik (nepotizm)ning oldini olish va unga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi jamoatchilik
muhokamasiga qo‘yildi. Qonun loyihasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Qonun loyihasi bilan yaqin qarindoshlik haqida ish beruvchiga ma’lum qilmaslik BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha hamda xabar berilgan taqdirda ish beruvchi ularni ishlab kelgan ish (lavozim)ga teng boshqa ish (lavozim)ga o‘tkazish choralarini ko‘rmasa BHMning 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solish taklif qilinmoqda.
Davlat xizmatchisi o‘zaro qarindoshlik rishtalariga ega bo‘lgan shaxs bilan xizmat qilayotganligi o‘ziga ma’lum bo‘lgan vaqtdan boshlab 10 kun muddat ichida davlat tashkiloti rahbariga bu haqida xabar berishi lozim.
Mazkur holatlar xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgandan so‘ng aniqlangan taqdirda, ish beruvchi ulardan birini, biri ikkinchisiga bevosita yoki uning nazorati ostida bo‘lmagan avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim)ga o‘tkazish choralarini ko‘rishi shart.
Qayd etish joizki, amaldagi O‘zbekiston
Mehnat kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning, basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.
Bunda ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari yaqin qarindosh hisoblanadi.
Jamoatchilik muhokamasi 2021-yil 30-noyabrga qadar davom etadi.