https://oz.sputniknews.uz/20211115/tashkilot-kredit-olsa-xodimlar-maoshini-kechiktirishi-mumkinmi-21350681.html
Tashkilot kredit olsa xodimlar maoshini kechiktirishi mumkinmi?
Tashkilot kredit olsa xodimlar maoshini kechiktirishi mumkinmi?
Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda kredit olgani sababli xodimlar maoshi to‘lashini kechiktirgan tashkilot Oliy Majlis ombudsmani tomonidan keskin tanqid qilindi. 15.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-15T09:54+0500
2021-11-15T09:54+0500
2021-11-15T09:55+0500
jamiyat
maosh
oylik
ombudsman
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ef2bf5cf984b8a0cce6fbe7eea50039c.jpg
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanida yashovchi fuqaro H.A. Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha ombudsmaniga maoshi to‘lanmayotgani munosabati bilan murojaat qildi. Murojaatchi aytishiga ko‘ra, “Jizzax suv ta’minoti” MChJning Forish tumani filiali xodimlariga uch oy davomida ish haqlarini bermasdan kelgan. Ishchilar oylik maoshlarini talab qilishganida esa tuman va viloyatdagi bosh hisobchilar tashkilot kredit olgani sababli shunday holat yuzaga kelgani tushuntiriladi.Vaxolanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161 moddasida mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, hodimlarning uch oylik maoshlari to‘lab berildi. Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda ishchilarga ish haqlari muddatidan kechiktirilmagan holda to‘lanmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1aef536f3b44074b28500a2ec07a1301.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maosh, oylik, ombudsman
jamiyat, maosh, oylik, ombudsman
Tashkilot kredit olsa xodimlar maoshini kechiktirishi mumkinmi?
09:54 15.11.2021 (yangilandi: 09:55 15.11.2021) Jizzaxda kredit olgani sababli xodimlar maoshi to‘lashini kechiktirgan tashkilot Oliy Majlis ombudsmani tomonidan keskin tanqid qilindi.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanida yashovchi fuqaro H.A. Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha ombudsmaniga maoshi to‘lanmayotgani munosabati bilan murojaat qildi.
Murojaatchi aytishiga ko‘ra, “Jizzax suv ta’minoti” MChJning Forish tumani filiali xodimlariga uch oy davomida ish haqlarini bermasdan kelgan. Ishchilar oylik maoshlarini talab qilishganida esa tuman va viloyatdagi bosh hisobchilar tashkilot kredit olgani sababli shunday holat yuzaga kelgani tushuntiriladi.
Vaxolanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161 moddasida mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, hodimlarning uch oylik maoshlari to‘lab berildi. Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda ishchilarga ish haqlari muddatidan kechiktirilmagan holda to‘lanmoqda.