Samarqand aeroportining yopilishi yana bir oyga uzaytirildi

© Pixabay / Gerhard G.Samolet, illyustrativnoe foto
Samolet, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Obuna bo‘lish
Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Samarqand aeroportining yopilishi dekabr oyining o‘rtalariga qadar uzaytiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, aeroportda yangi aerodrom kompleksi va yangi aeronavigatsiya uskunalarini foydalanishga tayyorlash bilan bog‘liq ishlar davom ettirilmoqda.
“Shu munosabat bilan aeroportning yopilishi joriy yilning 15-dekabriga qadar uzaytiriladi”, - deyilgan xabarda.
Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga – "Navoiy", "Buxoro", "Qarshi" aeroportlariga yo‘naltiriladi.
Avvalroq Samarqand xalqaro aeroporti 2021-yilning 20-oktabridan 20-noyabriga qadar vaqtincha yopilishi xabar qilingan edi.
Samarqandda 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitiga tayyorgarlik doirasida yangi aerodrom kompleksi qurilishi davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0