Prezident maslahatchisi Rustam Inoyatov o‘rniga Baxtiyor Islomov tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovRustam Inoyatov
Rustam Inoyatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Islomov huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bungacha bu lavozimda Rustam Inoyatov faoliyat olib borayotgandi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoni bilan Islomov Baxtiyor Jahongirovich prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.
U bungacha prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi.
Ushbu tayinlovga qadar Rustam Inoyatov 2018 yil 27-avgustdan beri mazkur lavozimda faoliyat olib borayotgan edi.
1995 yil 27-iyunidan buyon Milliy xavfsizlik xizmati raisi bo‘lib kelgan Rustam Inoyatov 2018-yil 31-yanvar kuni lavozimidan ozod qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0