https://oz.sputniknews.uz/20211115/qon-bosimi-pasayganda-qanday-mahsulotlarni-istemol-qilish-kerak-21363553.html
Qon bosimi pasayganda qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerak
Qon bosimi pasayganda qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerak
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassis gipotoniyaga chalingan bemor qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi, qon bosimini dori vositalarisiz ko‘tarish mumkinmi degan savollarga javob berdi.
2021-11-15T23:12+0500
2021-11-15T23:12+0500
2021-11-15T23:12+0500
jamiyat
salomatlik
shifokorlar tavsiyasi
qon bosimi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21363380_0:54:1201:729_1920x0_80_0_0_b827c0a56dc1c02825a3e650f6c694d9.jpg
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Hamidulla Toshpo‘latov qon bosimi pasayishiga oid savollarga javob berdi.— Gipotoniyaga chalingan bemor qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi?— Bu shifokor ko‘rigidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Odatda bemor umumiy qon va siydik analizlari, elektrolitlar uchun qon topshiradi. Shuningdek, yurak ritmining buzilishi va miokard infarktini istisno qilish uchun EKG tekshiruvi, buyrak usti bezi faoliyatini kuzatish uchun kortizol gormoni darajasini aniqlash, ko‘krak rentgenogrammasi va qorin bo‘shlig‘ining ultratovush tekshiruvini o‘tkazish lozim.Ayrim yoshlarda gipotoniya vegetativ qon-tomir distoniyasi belgisi hisoblanadi. Bunday holatda ularga jismoniy faoliyat va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi tavsiya etiladi.— Qon bosimini dori vositalarisiz ko‘tarish mumkinmi?— Albatta. Biroq gipotoniya belgilari kuzatilganda, eng avvalo, shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Aks holda biron bir yashirin kechayotgan jiddiy kasallikni o‘tkazib yuborish mumkin.Shuningdek, gipotoniklar har kuni boshqalarga nisbatan 2-3 stakan ko‘proq suv ichishga odatlanishlari kerak. Sport bilan shug‘ullanish ham qon bosimi pasayishining oldini olishga katta yordam beradi. Buning uchun piyoda sayr qilish, suzish, serharakat o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish lozim. Bu esa organizmda qon aylanishini yaxshilab, tana a’zolarining bir maromda ishlashini ta’minlaydi.Quloqlarning og‘riqli nuqtasi va qo‘l va oyoqlardagi barmoqlar uchini uqalash ham tana a’zolari faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.Bundan tashqari, ushbu kasallikka chalingan insonlar taomnomasida mineral moddalar va V, S, R vitaminlari yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Ayniqsa, gipotoniyada suli yormasi va grechixadan tayyorlangan bo‘tqalar juda foydali. Lekin xamir va yog‘li ovqatlarni kamroq iste’mol qilish maqsadga muvofiq.Shu bilan birga, uy sharoitida sho‘r baliq, ziravorlar bilan ishlov berilgan guruch iste’mol qilish, kofe ichish (qachonki uni kam iste’mol qiladigan insonlar ichganda) qon bosimini oshiradi. Biroq sho‘r mahsulotlar bilangina qon bosimini ko‘tarish to‘g‘ri emas. Boisi natriy yurak yetishmovchiligi (ayniqsa, yoshi katta insonlarda) va boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20220709/yuqori-qon-bosimida-qanday-dorini-ichish-mumkin-emas-21260469.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0f/21363380_78:0:1121:782_1920x0_80_0_0_6e3f1ffa99e5a8a5a4c15c30100f658c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qon bosimini davolash gipotoniya kasalligiqon bosimini ko‘tarish
qon bosimini davolash gipotoniya kasalligiqon bosimini ko‘tarish
Qon bosimi pasayganda qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerak
Mutaxassis gipotoniyaga chalingan bemor qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi, qon bosimini dori vositalarisiz ko‘tarish mumkinmi degan savollarga javob berdi.
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Hamidulla Toshpo‘latov qon bosimi pasayishiga oid savollarga javob berdi.
— Gipotoniyaga chalingan bemor qanday tibbiy tekshiruvlardan o‘tadi?
— Bu shifokor ko‘rigidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Odatda bemor umumiy qon va siydik analizlari, elektrolitlar uchun qon topshiradi. Shuningdek, yurak ritmining buzilishi va miokard infarktini istisno qilish uchun EKG tekshiruvi, buyrak usti bezi faoliyatini kuzatish uchun kortizol gormoni darajasini aniqlash, ko‘krak rentgenogrammasi va qorin bo‘shlig‘ining ultratovush tekshiruvini o‘tkazish lozim.
Ayrim yoshlarda gipotoniya vegetativ qon-tomir distoniyasi belgisi hisoblanadi. Bunday holatda ularga jismoniy faoliyat va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi tavsiya etiladi.
— Qon bosimini dori vositalarisiz ko‘tarish mumkinmi?
— Albatta. Biroq gipotoniya belgilari kuzatilganda, eng avvalo, shifokorga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Aks holda biron bir yashirin kechayotgan jiddiy kasallikni o‘tkazib yuborish mumkin.
Shuningdek, gipotoniklar har kuni boshqalarga nisbatan 2-3 stakan ko‘proq suv ichishga odatlanishlari kerak. Sport bilan shug‘ullanish ham qon bosimi pasayishining oldini olishga katta yordam beradi. Buning uchun piyoda sayr qilish, suzish, serharakat o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish lozim. Bu esa organizmda qon aylanishini yaxshilab, tana a’zolarining bir maromda ishlashini ta’minlaydi.
Quloqlarning og‘riqli nuqtasi va qo‘l va oyoqlardagi barmoqlar uchini uqalash ham tana a’zolari faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Bundan tashqari, ushbu kasallikka chalingan insonlar taomnomasida mineral moddalar va V, S, R vitaminlari yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Ayniqsa, gipotoniyada suli yormasi va grechixadan tayyorlangan bo‘tqalar juda foydali. Lekin xamir va yog‘li ovqatlarni kamroq iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
Shu bilan birga, uy sharoitida sho‘r baliq, ziravorlar bilan ishlov berilgan guruch iste’mol qilish, kofe ichish (qachonki uni kam iste’mol qiladigan insonlar ichganda) qon bosimini oshiradi. Biroq sho‘r mahsulotlar bilangina qon bosimini ko‘tarish to‘g‘ri emas. Boisi natriy yurak yetishmovchiligi (ayniqsa, yoshi katta insonlarda) va boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.