O‘zbek va qozoq harbiylari Afg‘oniston chegarasida mashg‘ulot o‘tkazishadi

© Ministerstvo oboroni respubliki UzbekistanCovmestnie ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennix na poligone "Matibulak"
Covmestnie ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennix na poligone Matibulak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Obuna bo‘lish
Mashg‘ulotlarga Su-30SM qiruvchilari, S-295 harbiy-transport samolyotlari hamda taktik uchuvchisiz uchar qurilmalari jalb qilinadi.
TOShKENT, 15 noya – Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari ishtirokida “Hamkorlik-2021” qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlar Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi poligonda 17-noyabrdan 24-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
“Qo‘shma mashg‘ulotlar maqsadi – vazifalarni birga hal qilish chog‘ida ikki qardosh davlat qurolli kuchlarining mosligi va birgalikdagi harakati darajasini oshirish”, - deyilgan Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabarida.
Mashg‘ulotlarda yuzdan ziyod harbiy xizmatchilar qatnashadi. Su-30SM qiruvchilari, S-295 harbiy-transport samolyotlari hamda taktik uchuvchisiz uchar qurilmalari jalb qilinadi.
Harbiylar o‘zlarining qidiruv-razvedka ishlarini olib borish mahoratlari namoyish etishadi, dushmanning ilg‘or otradlarini yo‘q qilishda jangovar qo‘riqlash xatti-harakatlarini yaxshi o‘rganib olishadi.
Ucheniya Kalkan-2021 v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Spesnaz kuchi: o‘zbek va qozoq harbiylari ishtirokida mashq qanday o‘tdi - video
Bundan tashqari, ular noqonuniy qurolli guruhlarning hujumini qaytarish va ularni yo‘q qilish malakalarini oshirishadi. Jang maydonida yaralanganlar va ishdan chiqqan texnikalarni olib chiqish ko‘nikmalarini mustahkamlashadi.
Avvalroq Qozog‘istonda “Qalqon-2021” o‘zbek va qozoq harbiylari ishtirokidagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0