Jahon turizm tashkiloti anjumani Samarqandda bo‘lib o‘tishi mumkin

Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2021
Obuna bo‘lish
UNWTOdagi bir necha davlatdatlar turizm elchilari 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan umumjahon turizm anjumani manzili sifatida Samarqandni qo‘llab quvvatlashdi.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. 2023 yilda Jahon turizm tashkilotining (UNWTO) Bosh assambleyasining umumjahon anjumani Samarqandda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqida Xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.
O‘zbekistonning UNWTOdagi doimiy vakili elchi Jahongir G‘aniyev 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh assambleyasining 25-umumjahon anjumanini Samarqandda o‘tkazishni taklif qildi. Buning uchun elchi 2-noyabr kuni bo‘lib ovoz berishda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
G‘aniyev aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati tomonida Samarqandda zamonaviy infratuzilma yaratish, logistka masalalari hamda turizm sektorini rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘z navbatida qator davlatlar diplomatik vakolatxonalari vakillari umumjahon tadbirni Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdi.
Ma’lumot uchun, ushbu masala shu kunlarda Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tayotgan UNWTO doimiy a’zolari uchrashuvida muhokama qilinmoqda. Uchrashuvda 90dan ortiq xorijiy davlat elchilari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0