Sirdaryodagi daladan topilgan jasad tafsilotlari ma’lum qilindi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovRuka cheloveka
Ruka cheloveka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2021
Obuna bo‘lish
Mirzaobod tumanidagi dalalardan birida bo‘yni o‘tkir tig‘ bilan kesilgan jasad topildi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi dalalardan birida bo‘yin qismi o‘tkir tig‘ bilan kesilgan jasad topilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, jasad 53 yoshli erkakka tegishli ekani aniqlagan.
“Daryo” nashrining aniqlik kiritishicha, marhum G‘.A. FVV Mirzaobod tumani bo‘limida ishchi bo‘lib ishlagan.
Ekspertizaning dastlabki xulosasida uning o‘limiga bo‘yin sohasi qon tomirlari traxeya va qizilo‘ngachni kesilishi va tashqi qon ketishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
Sirdaryodagi dalalardan birida butkul kuyib ketgan jasad topildi
Yangiliklar lentasi
0