https://oz.sputniknews.uz/20211114/qashqadaryoda-chigirtkadan-un-ishlab-chiqariladi-21343309.html
Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqariladi
Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqariladi
Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda tadbirkor va viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasi ishlab chiqildi.
2021-11-14T10:56+0500
2021-11-14T10:56+0500
2021-11-14T10:56+0500
iqtisod
qashqadaryo viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0e/21343282_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_83d97d2ebb046a85a1a55360efbbb736.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qashqadaryoda tadbirkor va viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasi ishlab chiqildi.Ma’lum qilinishicha, loyiha qiymati 4,1 milliard so‘m bo‘lib, yillik quvvati 80 tonna chigirtka uni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va har kilosi 3,7 dollardan sotiladi.Shuningdek, 10 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ayni paytda chigirtka unini eksportga chiqarish uchun tadbirkor Muzaffar Hamzayevning “Merry-Cricke” mas’uliyati cheklangan jamiyati va Saudiya Arabistonidagi hamkorlar o‘rtasida shartnoma imzolangan.Qashqadaryo viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mavlonovning so‘zlariga ko‘ra, chigirtkani dalalardan yig‘ib olish uchun aholi vakillari jalb qilinadi. Maxsus to‘r qoplarda hasharotlarni yig‘ib topshirgani uchun ularga tegishli miqdorda haq to‘lanadi.Bundan tashqari, chigirtka uni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida chigirtkalar chatishtiriladi va qayta ishlash uchun maxsus yetishtiriladi.Bu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 1,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida chigirtkani bartaraf etish yo‘lida har yili 130 ming gektar maydonga kimoviy ishlov beriladi va sarf-xarajatlar uchun 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20200729/BMT-va-Yaponiya-Markaziy-Osiga-ushbu-ofatga-arshi-kurashda-rdam-beradi-14647658.html
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0e/21343282_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_93b92072672d46013fe2b9a18b1dcfe6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qashqadaryo chigirtkadan un chigirtkadan parhezbop un
qashqadaryo chigirtkadan un chigirtkadan parhezbop un
Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqariladi
Chigirtkalarni dalalardan yig‘ib olishga aholi vakillari jalb qilinadi. Ularga qancha hasharotlarni yig‘ib topshirgani qarab haq to‘lanadi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Qashqadaryoda tadbirkor va viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasi ishlab chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, loyiha qiymati 4,1 milliard so‘m bo‘lib, yillik quvvati 80 tonna chigirtka uni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va har kilosi 3,7 dollardan sotiladi.
Shuningdek, 10 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ayni paytda chigirtka unini eksportga chiqarish uchun tadbirkor Muzaffar Hamzayevning “Merry-Cricke” mas’uliyati cheklangan jamiyati va Saudiya Arabistonidagi hamkorlar o‘rtasida shartnoma imzolangan.
Qashqadaryo viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mavlonovning
so‘zlariga ko‘ra, chigirtkani dalalardan yig‘ib olish uchun aholi vakillari jalb qilinadi. Maxsus to‘r qoplarda hasharotlarni yig‘ib topshirgani uchun ularga tegishli miqdorda haq to‘lanadi.
Bundan tashqari, chigirtka uni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida chigirtkalar chatishtiriladi va qayta ishlash uchun maxsus yetishtiriladi.
Bu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 1,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida chigirtkani bartaraf etish yo‘lida har yili 130 ming gektar maydonga kimoviy ishlov beriladi va sarf-xarajatlar uchun 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanadi.