https://oz.sputniknews.uz/20211114/ozbekiston-mozori-sharifdagi-xalqaro-aeroportni-tiklashga-kirishdi-21347238.html
O‘zbekiston Mozori Sharifdagi xalqaro aeroportni tiklashga kirishdi
O‘zbekiston Mozori Sharifdagi xalqaro aeroportni tiklashga kirishdi
Sputnik O‘zbekiston
Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Balxda “Tolibon”* harakati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
2021-11-14T17:15+0500
2021-11-14T17:15+0500
2021-11-14T17:15+0500
siyosat
o‘zbekiston
afg‘oniston
tolibon
aeroport
mazori sharif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0e/21347074_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_576387a6b7ebbcf766f794aa5c16993b.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi Mazori Sharif xalqaro aeroportini rekonstruksiya qiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev Balxda “Tolibon”* harakati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.“TOLOnews” xabariga ko‘ra, Ergashev afg‘onlar infratuzilma masalasida O‘zbekistonga tayanishi mumkinligini bildirgan.Aeroportning 83 nafar xodimi o‘qish uchun O‘zbekistonga yuboriladi.Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Afg‘onistonga turli sohalarda, xususan, infratuzilma sohasida yordam berishga harakat qiladi. O‘z navbatida, Balx mahalliy rasmiylari O‘zbekistonni Afg‘oniston bilan iqtisodiy va ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirishda hamkorlik qilishga chaqirgan.Tomonlar, shuningdek, transafg‘on temir yo‘l loyihasi, elektr energiya yetkazib berishni kreditlashni muhokama qilishgan.Avvalroq O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy bilan uchrashib, Mozori Sharifdagi aeroportni rekonstruksiya qilishni muhokama qilgan edi.* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
o‘zbekiston
mazori sharif
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0e/21347074_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_2b816dafe6eaf840aee32c504978108d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston mazori sharif aeroport afg‘oniston ismatulla ergashev
o‘zbekiston mazori sharif aeroport afg‘oniston ismatulla ergashev
O‘zbekiston Mozori Sharifdagi xalqaro aeroportni tiklashga kirishdi
Mazori Sharif xalqaro aeroportining 83 nafar xodimi o‘qish uchun O‘zbekistonga yuboriladi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistondagi Mazori Sharif xalqaro aeroportini rekonstruksiya qiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev Balxda “Tolibon”* harakati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
“TOLOnews”
xabariga ko‘ra, Ergashev afg‘onlar infratuzilma masalasida O‘zbekistonga tayanishi mumkinligini bildirgan.
“Bizdan aeroport faoliyatini tiklash va uskunalarni ta’mirlash uchun yordam berish so‘raldi. Shu bois O‘zbekistondan 30 nafar texnik xodim olib keldik, ular uskunalarni ta’mirlamoqda, aeroportni rekonstruksiya qilmoqda va tez orada aeroport ishga tushadi”, - degan O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili.
Aeroportning 83 nafar xodimi o‘qish uchun O‘zbekistonga yuboriladi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Afg‘onistonga turli sohalarda, xususan, infratuzilma sohasida yordam berishga harakat qiladi. O‘z navbatida, Balx mahalliy rasmiylari O‘zbekistonni Afg‘oniston bilan iqtisodiy va ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirishda hamkorlik qilishga chaqirgan.
Tomonlar, shuningdek, transafg‘on temir yo‘l loyihasi, elektr energiya yetkazib berishni kreditlashni muhokama qilishgan.
Avvalroq O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy bilan uchrashib, Mozori Sharifdagi aeroportni rekonstruksiya qilishni
muhokama qilgan edi.* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.