“Men qo‘shiq kuylashdan tortinardim”: toshkentlik “Golos” shousi ishtirokchisi bilan intervyu

© Rossiyskiy muzikalniy proyekt "Golos"Tashkentskiy muzikant Aleksandr Li proshel v rossiyskoe shou "Golos"
Tashkentskiy muzikant Aleksandr Li proshel v rossiyskoe shou Golos - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2021
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonlik qo‘shiqchi Rossiyaning “Golos” loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Sputnik undan intervyu oldi va nega 18 yoshgacha qo‘shiq kuylashdan tortinganini so‘rab bildi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Toshkentlik qo‘shiqchi Aleksandr Li Rossiyaning “Golos” musiqiy loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra u ijro etgan qo‘shiq hakamlar Pelageya i Leonid Agutinga ma’qul keldi. Qo‘shiqchi shouni Leonid Agutin bilan davom ettirishini ma’lum qildi.
Sputnik Aleksandr Li bilan bog‘lanib, undan intervyu oldi.
Men hamisha tortinchoq bo‘lganman, o‘zimni tanigandan buyon musiqachi kasbi haqida o‘ylardim, lekin buni jiddiy qabul qilmasdim, o‘ylardimki, bu orzu. Garchi otam musiqachi bo‘lsada. Avvaliga musiqa asboblari klavishlaridan boshlaganman, keyin xonanda bo‘ldim.
Aleksandr Li
Toshkentlik "Golos" ishtirokchisi
Aleksandr Li qo‘shiqchilik darslariga 18 yoshga to‘lgandagina qatnashgan. “Jiddiy kabsni tanlashga qaror qildim, mehmonxona ishi, biroq kollejni bitirayotib, bu mutaxassislik bo‘yicha ishlashni xohlamasligimni tushundim, - deydi u. – Qo‘shiqchilikka tasodifan tushib qoldim. Toshkentlik pedagog Valeriy Borisov mening o‘qituvchim bo‘lgan, afsuski, u hozir hayot emas”.
Hozir Aleksandr Li o‘zining guruhi bilan Moskvadagi ko‘ngilochar muassasalar chiqish qiladi. U Rossiya poytaxtiga bir necha yil avval ko‘chib kelgan.
Toshkentlik 29 yoshli Aleksandr Li “Golos” shousida qo‘shiqchi Slava Marlow’ning “Ti gorish kak ogon” (“Olov singari yonasan”) qo‘shig‘ini ijro etdi.
Yangiliklar lentasi
0