Chang bo‘roni, -15 daraja sovuq: O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2021
Obuna bo‘lish
17-18 noyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududiga nam va sovuq havo massasi kirib keladi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. 16 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
16-17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.
16 noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17-noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17-18 noyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda.
16-17 noyabrda shimolda, 17-18 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari -5...-8 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari +0..+3 daraja iliqgacha, shimolda kechalari -12...-15 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 0...-3 daraja sovuqgacha pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0