https://oz.sputniknews.uz/20211114/Kimlarga-khurmo-eyish-mumkin-emas-12748512.html
Kimlarga xurmo yeyish mumkin emas
Kimlarga xurmo yeyish mumkin emas
Sputnik O‘zbekiston
Xurmoning qanday foydali jihati bor, qaysi holatlarda undan voz kechgan ma’qul
2021-11-14T14:19+0500
2021-11-14T14:19+0500
2021-11-14T14:19+0500
jamiyat
salomatlik
shifokorlar tavsiyasi
xurmo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0e/21345604_0:99:1880:1157_1920x0_80_0_0_170b67779f72396250c57f29016e3d04.jpg
Parhezshunos shifokorlar xurmoning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berishda hamda qaysi holatlarda undan voz kechish ma’qulligini aytishdi.Fitoterapevt, nutritsiolog Anjelika Duval xurmoda ko‘plab foydali moddalar, xususan, A, B va C vitaminlari borligini ta’kidladi.Shifokor xurmoni haftada ikki-uch marta iste’mol qilishga chaqirdi. Mevani yangi uzilgan holida yeyish koni foyda.“Xurmodagi yod va temir juda muhim. Ular inson organizmiga yilning istalgan vaqtida zarur”, - deya ta’kidladi Duval. U kamqonlik (anemiya) va yurak-qon tomir xastaliklaridan aziyat chekayotganlarga xurmo iste’mol qilishni maslahat bergan. Bundan tashqari, xurmo tarkibida kam kislota bo‘lgani bois u oshqozon ichak yarasi kasalligiga chalinganlarga zarar qilmaydi.Biroq, fitoterapevta so‘zlariga ko‘ra, bu mevani oshqozon osti bezi muammosiga duch kelganlar va buyragida toshi bo‘lganlarga iste’mol qilish taqiqlanadi. Chunki meva peshob haydash xususiyatiga ega.Yana bir parhezshunos shifokor Natalya Proxorova xurmoning foydali jihatlarini sanab o‘tdi.“Bu meva uzumdan farqli o‘laroq to‘qimalarga ega, lekin yuqori kaloriyali”, - dedi shifokor.Uning so‘zlariga qaraganda, qand kasalligida xurmoni iste’mol qilishni cheklash zarar. Sutkada bir dona xurmo yeyish mumkin. Chunki ko‘p miqdordagi xurmo insulin chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom kishilar kuniga qo‘rqmasdan ikki yoki uch dona xurmo yeyishlari mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20191128/Shifokor-khurmoning-foydali-va-zararli-tomonlari-aida-aytdi-12894748.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0e/21345604_104:0:1777:1255_1920x0_80_0_0_3a3388666446f230e2e7e2b2e8bdc12f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xurmo foydasi xurmo yeyish xurmoning foydali xususiyatlari
xurmo foydasi xurmo yeyish xurmoning foydali xususiyatlari
Kimlarga xurmo yeyish mumkin emas
Xurmoning qanday foydali xususiyatlari bor, qaysi holatlarda undan voz kechgan ma’qul?
Parhezshunos shifokorlar xurmoning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berishda hamda qaysi holatlarda undan voz kechish ma’qulligini aytishdi.
Fitoterapevt, nutritsiolog Anjelika Duval xurmoda ko‘plab foydali moddalar, xususan, A, B va C vitaminlari borligini ta’kidladi.
“Bu ayniqsa kuzda zarur bo‘lgan vitaminlardir. Ular immunitet, asab tizimini saqlab turishadi, organizmni turli xil infeksiyalardan himoya qilishda yordam berishadi”, - dedi shifokor.
Shifokor xurmoni haftada ikki-uch marta iste’mol qilishga chaqirdi. Mevani yangi uzilgan holida yeyish koni foyda.
“Xurmodagi yod va temir juda muhim. Ular inson organizmiga yilning istalgan vaqtida zarur”, - deya ta’kidladi Duval. U kamqonlik (anemiya) va yurak-qon tomir xastaliklaridan aziyat chekayotganlarga xurmo iste’mol qilishni maslahat bergan. Bundan tashqari, xurmo tarkibida kam kislota bo‘lgani bois u oshqozon ichak yarasi kasalligiga chalinganlarga zarar qilmaydi.
Biroq, fitoterapevta so‘zlariga ko‘ra, bu mevani oshqozon osti bezi muammosiga duch kelganlar va buyragida toshi bo‘lganlarga iste’mol qilish taqiqlanadi. Chunki meva peshob haydash xususiyatiga ega.
Yana bir parhezshunos shifokor Natalya Proxorova xurmoning foydali jihatlarini sanab o‘tdi.
“Bu meva uzumdan farqli o‘laroq to‘qimalarga ega, lekin yuqori kaloriyali”, - dedi shifokor.
Uning so‘zlariga qaraganda, qand kasalligida xurmoni iste’mol qilishni cheklash zarar. Sutkada bir dona xurmo yeyish mumkin. Chunki ko‘p miqdordagi xurmo insulin chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom kishilar kuniga qo‘rqmasdan ikki yoki uch dona xurmo yeyishlari mumkin.