https://oz.sputniknews.uz/20211113/ozbekistonlik-sartarosh-shuhrat-ismatillaev-ginnes-rekordini-ornatdi-21342355.html
O‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev Ginnesc rekordini o‘rnatdi - video
O‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev Ginnesc rekordini o‘rnatdi - video
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev rejani ortig‘i bilan bajarib, 10 soatda 110 kishining sochini oldi.
2021-11-13T21:12+0500
2021-11-13T21:12+0500
2021-11-16T00:25+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rekord
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0d/21342326_0:258:2727:1792_1920x0_80_0_0_eb53e636de8ed59635b7307da1dfbfea.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev rejani ortig‘i bilan bajarib, 10 soatda 110 kishining sochini oldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Har bir soch turmagi - o‘ziga xos uslubda bajarildi. Usta o‘z ishini tanaffussiz va tushliksiz amalga oshirdi.Tadbir O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi ko‘magida bugun, 13-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston sartaroshlar uyushmasi hakamlar hay’ati jarayonni kuzatib bordi.Shuhrat Ismatillayev 28 yoshda. Professional doiralarda u sartaroshlik bo‘yicha xalqaro chempionatlarning g‘olibi sifatida tanilgan.Usta ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videolari tufayli shuhrat qozondi. Ularda Ismatillayev odamlarni noodatiy joylarda – masalan, Namangan shahrida ko‘chada soch oladi.Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Shuhrat Ismatillayev o‘z faoliyatini Yangiyo‘l tumanidagi go‘zallik salonlaridan birida boshlaganini aytdi. Bir yil o‘tgach esa u kasb mahoratini oshirish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Ismatillayev 2018-yilning oxirigacha Rossiyada yashab, mehnat qildi.Rossiyalik ustalaridan dars olib, u o‘zining birinchi xalqaro g‘alabalarini qo‘lga kirita boshladi. Hozir Shuhrat o‘zi shogirt tayyorlamoqda."Men bu haqda uzoq o‘yladim va Ginnesc rekordini o‘rnatishga qaror qildim - o‘n soat ichida 100 kishini sochini olish. Men yaqinlarim, vatanim men bilan faxrlanishini xohlayman", - dedi u.
https://oz.sputniknews.uz/20211112/mashhur-ozbekistonlik-sartarosh-ginnes-rekordini-ornatmoqchi-video-21330279.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/0d/21342326_0:2:2727:2047_1920x0_80_0_0_da09c1d468319a23777156dfa47a6426.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonlik sartarosh shuhrat ismatillayev ginnes rekordini o‘rnatdi
o‘zbekistonlik sartarosh shuhrat ismatillayev ginnes rekordini o‘rnatdi
O‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev Ginnesc rekordini o‘rnatdi - video
21:12 13.11.2021 (yangilandi: 00:25 16.11.2021) O‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev rejani ortig‘i bilan bajarib, 10 soatda 110 kishining sochini oldi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sartarosh Shuhrat Ismatillayev rejani ortig‘i bilan bajarib, 10 soatda 110 kishining sochini oldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Har bir soch turmagi - o‘ziga xos uslubda bajarildi. Usta o‘z ishini tanaffussiz va tushliksiz amalga oshirdi.
Tadbir O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi ko‘magida bugun, 13-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston sartaroshlar uyushmasi hakamlar hay’ati jarayonni kuzatib bordi.
Shuhrat Ismatillayev 28 yoshda. Professional doiralarda u sartaroshlik bo‘yicha xalqaro chempionatlarning g‘olibi sifatida tanilgan.
Usta ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan videolari tufayli shuhrat qozondi. Ularda Ismatillayev odamlarni noodatiy joylarda – masalan, Namangan shahrida ko‘chada soch oladi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Shuhrat Ismatillayev o‘z faoliyatini Yangiyo‘l tumanidagi go‘zallik salonlaridan birida boshlaganini aytdi. Bir yil o‘tgach esa u kasb mahoratini oshirish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Ismatillayev 2018-yilning oxirigacha Rossiyada yashab, mehnat qildi.
Rossiyalik ustalaridan dars olib, u o‘zining birinchi xalqaro g‘alabalarini qo‘lga kirita boshladi. Hozir Shuhrat o‘zi shogirt tayyorlamoqda.
"Men bu haqda uzoq o‘yladim va Ginnesc rekordini o‘rnatishga qaror qildim - o‘n soat ichida 100 kishini sochini olish. Men yaqinlarim, vatanim men bilan faxrlanishini xohlayman", - dedi u.