Shavkat Mirziyoyev Turkiy Kengashda nimalarni taklif qildi
19:09 12.11.2021 (yangilandi: 01:34 13.11.2021)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaZdanie sekretariata Turkskogo Soveta v Stambule
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Turkiy Kengash a’zolarini Afg‘oniston yangi hukumatiga yakdil munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
TOShKENT, 12 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy kengash sammitida nutq so‘zladi. O‘z nutqida Shavkat Mirziyoyev Turkiy Kengash nomini o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatladi.
“Aminmanki, bugun qabul qilinayotgan qarorga binoan Turkiy Kengash nomi "Turkiy davlatlar tashkiloti" deb o‘zgartirilishi hamkorligimizni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi", - dedi prezident.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev Tashkilot doirasida quyidagi tashabbuslarni ilgari surdi:
o‘zaro qulay savdo sharoitlarni yaratish;
transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqliq dasturini ishlab chiqish;
“Injiniring va texnologiyalar markazlari”ni tashkil etish;
kelgusi yili O‘zbekistonda “Turkiy davlatlar sanoat haftaligi”ni o‘tkazish.
“Turkiy dunyo turizmi” va “Tabarruk ziyorat” sayyohlik loyihalarini amalga oshirish va boshqalar.
Undan tashqari O‘zbekiston prezidenti Afg‘onistonni yakkalab qo‘ymaslik, uning terrorchilar makoniga aylanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik o‘ta muhim ekanini ta’kidladi.
“Ushbu mamlakatning gumanitar inqirozga tushib, xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga, uning terrorchilar makoniǵa aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda dolzarbdir. Afg‘onistonning yangi Hukumati bilan muloqotlarda yondashuvlarimiz umumiy va yakdil bo‘lishi lozim", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009-yilda ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan edi. Bugungi kunda Kengashga O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo. O‘zbekiston tashkilotga 2019-yilda qo‘shildi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.