Pilot loyiha: 29 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi

© Sputnik / Pavel LvovRabochie na stroitelnoy ploshadke
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2021
Obuna bo‘lish
Pilot loyiha bo‘yicha fuqarolarning dastlabki guruhi ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 ming fuqaroni Rossiyaga soddalashtirilgan tartibda ishga jo‘natish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovlardan o‘tgan dastlabki guruh – 29 nafar o‘zbekistonlik Toshkent – Moskva yo‘nalishidagi aviareysi orqali “PIK-Industriya” qurilish kompaniyasida ishlash uchun jo‘nab ketdi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Mehnat migrantlarini Rossiyaga yuborish pilot loyihasi boshlandi
Joriy yil sentabr oyida Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri o‘rinbosari A.Pudov boshchiligida Qurilish va uy-joy xo‘jaligi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Rostrud, Moskva hukumati hamda yirik ish beruvchi korxonalar vakillaridan iborat delagatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida “Qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘n ming nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga jo‘natish bo‘yicha pilot loyihasi” imzolangan edi.
Pilot loyihasi doirasida ishga yuborilayotgan fuqarolarga Rossiyada ishlash ruxsatnomasi, ya’ni patentni rasmiylashtirishda talab etiladigan hujjatlar, tibbiy ko‘rik, barmoq izlarini olish Rossiya ish beruvchilari mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonda amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0